Nizomiy nomidagi


Odam va maymun gavda tuzilishidagi farqlar va o‘xshashliklar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə73/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Nizomiy nomidagi

Odam va maymun gavda tuzilishidagi farqlar va o‘xshashliklar
Odam tos suyagini maymunlarning tos suyagi bilan solishtirish shuni ko’rsatadiki, odam tos suyagi maymunlarning tos suyagidan katta o‘yiqli yonbosh suyagi borligi bilan farq qiladi. Tik yurishga o‘tish bilan bog‘liq ravishda odamning eng yaqin ajdodlarida tos suyagi juda kengaygan. Yonbosh suyagining qirrasi qisman qorin, tos va oyoq muskullarining kuchli o‘sib ketishi faqatgina odamda shakllangan. Bo‘g‘im chuqurchalari odamda bir - biridan ancha uzoqroq joylashgan.
Odamda quymich suyagining do‘mbog‘i kuchli rivojlangan. Quyimichning kichkina o‘sig‘i deyarli rivojlanmagan. Orangutan bo‘g‘im chuqurchasi quymichining uncha katta bo‘lmasligi, unda son suyagi doira payining yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Odam va maymun oyoq panjasi bosh barmog‘ining tuzilishi. Odam oyoq panjasining bosh barmog‘i yo‘g‘on va baquvvat bo‘lib, yurish vaqtida tana og‘irligining anchagina qismi unga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi barmoq birinchi barmoqdan uzun bo‘lishiga qaraladi. Odatda birinchi barmoq qolgan barmoqlardan uzun bo‘ladi. Bosh barmoq qolgan umumiy barmoq paylari bilan o‘rab olingani sababli u boshqa barmoqlarga qarama – qarshi yo‘nalishda tura olishidir, ya’ni ichki tomoni ulardan uzoqlashib keta olishidir. Antropoidlarda esa panjaning umumiy payi faqat ikkinchi, beshinchi barmoqlarni o‘rab oladi. Oyoq panjasi bosh barmog‘i shimpanze va gibbonlarda kalta, gorillada nisbatan kichikroq, orangutanda nihoyatda kichik va tirnoqsiz. Boshqa maymunlarning bosh barmog‘i kuchsiz rivojlanganligiga qaramay doimo mavjud va boshqa barmoqlarga qarama -qarshi. Umuman olganda maymunlar oyoq panjasining bosh barmog‘i qo’l panjasiga nisbatan uzundir.





Gominidlarda kalla suyagi evolyutsiyasining bosh miya rivojlanishiga bog‘liqligi. Mehnat qilish ta’sirida gominidlar bosh miyasining o‘sib borishi kalla suyagi, miya qismi hajmining o‘sishiga, shaklan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi tomondan miya qismi qaytadan ikkilamchi oziq moddalar hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda chaynash apparatining parallel ravishda kuchayib borishi tufayli kelib chiqadi.


  1. Gorilla 2. Avstralopitek 3. Homo erectus 4. Neandertal(Lya-Shapell-o-Sen)

5. Shteyngeym odami 6. Hozirgi zamon odami
Odamning eng yaqin ajdodlari bo‘lgan maymun va ibtidoiy odamlarning miya qutisi qopqog‘ining devori hozirgi zamon odamlarinikiga nisbatan nihoyatda qalin bo‘lgan. Gorilla, sinantroplarda ko‘z usti do‘ngi yaxshi rivojlangan, bu narsa odamlarda kuzatilmaydi. Eng qadimgi va qadimgi gominidlarda esa kalla suyagining tashqi tomondan yaxshi ko‘rinib turadigan ko‘ndalang do‘ngchasi bor. Gominid kalla suyagining miya qismi tavsiflanganda ular peshonasining anchagina darajada qiyaligini, tepa suyagining yassiligini va so‘rg‘ichsimon o‘simtalar yaxshi rivojlanganligini aytib o‘tish lozim.
Gominidlar evolyutsiyasi jarayonida bosh miyaning katta yarim sharlari o‘sa borishi va ulardagi egat va pushtalarning kuchli rivojlanishi tufayli neandertallarda peshona, tepa va chakka pallalari katta bo‘la borganligi tufayli oldinga tomon surilgan. Odamsimon maymunlarning kalla suyagning yuz qismi sezilarli darajada oldinga chiqqan holatdan oldinga kamroq chiqqan holatga, ya’ni prognatdan ortognat holatga o‘tgan. Keyinchalik, kalla suyagining rivojlanishi natijasida peshona suyagi tekisroq bo‘la bordi, jag‘ apparati qisqardi va iyak paydo bo‘ldi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin