Nizomiy nomidagi


Odam muskullarining maymun muskullariga nisbatan asosiy xususiyatlari



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə74/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Nizomiy nomidagi

Odam muskullarining maymun muskullariga nisbatan asosiy xususiyatlari
Odam oyog‘ining muskullari qo‘lining muskullariga nisbatan ko‘proq rivojlangan. Antropoidlarda esa, aksincha, qo‘l suyaklarining muskullari oyoq muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan bo‘ladi. Odam muskullari tananing vertikal holatda saqlab turishiga moslashganligini ko‘p belgilar orqali ko‘rsatish mumkin. Masalan, odamning oyoq suyaklari juda kuchli rivojlangan, unda dumbaning kambalasimon va boldir muskullari bor. Sonning to‘rt boshli muskuli maymunlarda ham yaxshi rivojlangan. Odamda yopuvchi tashqi muskul bitta, maymunlarda va ba’zi tuban sutemizuvchilarda ikkita bo‘ladi. Odamning nozik muskuli maymunlarnikiga qaraganda kamroq rivojlangan bo‘lib, ular nisbatan boldirning yuqoriroq qismiga yopishadi. Odamda va antropoidlarda tikuvchi muskul anchagina tor bo‘ladi. Odam yuzidagi mimika muskullari nihoyatda progressiv rivojlangan. Burun muskulining ko‘ndalang qismi, kulgi muskuli, og‘iz atrofi, peshona va ko‘z usti sohalarining muskullari yaxshi ajralib turadi. Odamda chaynash muskullari antropoidlarnikiga qaraganda kuchsiz rivojlangan kalla usti muskuli pay qalqonga aylangan. Quloq suprasining tashqi va ichki muskullari reduksiyaga uchragan. Odamsimon maymunlar uchun xarakterli bo‘lgan ko‘krak bilan bo‘yin o‘rtasida joylashgan muskul odamda bo‘lmaydi.Odamning oyoqlarida kaft muskuli, panja barmoqlarini bukuvchi kalta, bosh barmoqni panjaga yaqinlashtiruvchi muskul,ayniqsa,uning ko‘ndalang boshchasi kuchsiz rivojlangan.
Miya suyagining hajmi. Hozirgi zamon odami kalla suyagining hajmi 1000 dan 2000 sm3 boradi. Odamsimon maymunlar gorillaniki 400 - 600sm3, shimpanzeniki 350 - 550sm3, orangutanniki 300 - 500 sm3, gibbonlarniki tor burunli maymunlarning yirik vakillariniki kabi anchagina kichik 100 - 150sm3, pitekantroplar 750 - 1000sm3, kramononlar 1518- 1587 sm3 , ayollarida 1300- 1350 sm3.
Odam va hayvon embrioginezining qiyosiy tasnifi. Odam embrioginezini hayvonlar embrioginezi bilan o‘xshash va o‘ziga xos farqli belgilari bor.
1.Odamning tuxum hujayralari izoleusital va kichik. Bu jihatdan uning tuxum hujayralari tuban xordalilar (lansetnik)nikiga o‘xshash. Lekin bunday o‘xshashlik yuzaki, chunki tuxum hujayrasidagi sariqlik moddasi bola bachadonda rivojlanganligi sababli yo‘qoladi.
2. Tuxum hujayraning maydalashishi to‘liq va notekis o‘sib ketish jarayoniga ega. Bu jihatdan u amfibiyalarga o‘xshash.
3. Murtakning rivojlanishi davomida murtak va murtak tashqi organlari (sariqlik qopchasi, amnion zardob qobig‘i, alantois) amniotlarga o‘xshaydi.
4. Sariqlik qopchasining hosil bo‘lishi qushlarnikiga o‘xshash. Bu belgilarning takrorlanishi rekapitulyasiyaga yorqin misol bo‘ladi. Shu bilan sariqlik qopchasi bir qism funksiyasi(qon hosil)ni saqlaydi.
5.Yo‘ldoshning hosil bo‘lishi barcha yo‘ldoshlilarga xosdir.
6. Amnion hosil bo‘lishi shizosel usulda, ya’ni ektoderma hujayralari o‘rnini o‘zgartirishi - harakatga keltirish, odamda va hasharotxo‘rlar turkumida, primatlarga o‘xshaydi. Boshqa sutemizuvchilar amnion va amnion burmalarni hosil qilish va ularni o‘zaro qo‘shilishidan vujudga keladi.
7. Yo‘ldosh tipi gemoxorion bo‘lib, u odamdan tashqari primatlariga ham xosdir.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin