Kurs ishi maqsadi: Xalq amaliy san’ati-kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning muhim omilllarini o`rganish.
Kurs ishi predmeti: Xalq amaliy san’ati-kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning
Kurs ishi obekti: Xalq amaliy san’ati-kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning
Kurs ishi vazifasi: Xalq amaliy san’ati-kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning
Kurs ishi metodi: Xalq amaliy san’ati-kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning
I BOB. Xalq amaliy san’ati – kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning muhim omili sifatida 1.1. Xalq amaliy san’ati–kichik yoshdagi o’quvchilarni estetik tarbiyalashning ahamiyati Oilada farzandlarni hunarga qiziqtirish va o’rgatish masalalari hamma vaqt dolzarb bo’lib kelgan. Buyuk allomalar, sharq mutafakkirlari, ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan mehnat, hunar insonni har tomonlama ulug’lovchi omil ekanligini ta’kidlovchi fikrlari hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. Xalq pedagogikasining qator manbalarida, jumladan xalq og’zaki ijodining barcha janrlarida mehnatsevarlik va hunar tarbiyasi haqida ko’plab ma’lumotlami olishimiz mumkin. Masalan:
- Hunar zar, hunarsiz xor. - Hunarli er xor bo’lmas, do’st-dushmanga zor bo’lmas. - Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishining.
- Qunt bilan o’rgan hunar, hunardan rizqing unar.
- Bir yigitga yetmish hunar oz.
- Tekin boylik axtarguncha o’zingga bop hunar top kabi maqollardan tashqari ertaklarda ham xalq amaliy san’atining biror turini o’ziga hunar qilib olish zarurati haqida gap ketadi.
Masalan: «Hunarsiz kishi o’limga yaqin» ertagida bir mamlakatning podshohi kambag’al o’tinchining qizini so’ratib sovchi yuboradi. Shunda qiz: «Podshoning nima hunari bor? Men hunarli kishiga tegaman», - debdi. Sovchilar: «Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar bo’ladimi? Podsho barcha hunarli fuqarolaming otasi bo’ladi», - debdilar. Qiz bo’lsa: «Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarlikning o’zi kerak. Zamon o’zgarishi bilan bugun podsho bo’lgan kishi, ertaga taxtdan surilib, tilanchi bo’lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga 99 hunarini ko’rsatsin, undan so’ng tegaman»,- debdi. Sovchilar qaytib kelib, bo’lgan gapni podshohga so’zlabdilar. Avvaliga shohning achchig’i kelibdi va qizni o’limga buyurmoqchi boMibdi. So’ng o’ziga kelib, gilam to’qishni o’rganibdi. Hatto mamlakat podshohlari ham hunami qadrlaganlari va o ‘ziga munosib kishilami hunarmandlar orasidan qidirganlarini ushbu ertak mazmunidan bilib oldik. Ko’rib turganingizdek, o’zbek xalq og’zaki ijodida hunar yuksak baholanadi, bolaligidanoq hunarga mehr qo’yib, hunarmand bo’lib yetishgan asar qahramonlari faqat ma’lum bir kasb egasi bo’lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol shaxs sifatida tasvirlanadi. O’zbek xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati ustalarining kasbhunarlari yuqori baholanib, yoshlarni hunar o ‘rganishga, turli kasbhunar sohalariga qiziqtirishga g’amxo’rlik va boshchilik qilishlari kerakligi uqtiriladi.
Shuningdek, zamonamizning barkamol yoshlari ilmli, hunarli bo’lishlari bilan birga aql-idrokli, fahm-farosatli, mohir hunarmand va ibratli odob-axloq egasi bo’lishi zarurligi qat’iy ta’kidlanadi. Xalqimiz hunar egalarini qanchalik ardoqlagan va yuksak baholagan bo’lsa, axloqiy yetuklik, kasbga hurmatni ham shunchalik yuqori o’ringa qo’ygan. Xalq amaliy san’atiga, shu orqali hunar egallashga qiziqishni uyg’otish axloqiy tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilganligi tufayli diyorimizda o’zbek madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan qanchadan-qancha yirik mutafakkirlar, olimlar, ilmu fan, san’at va adabiyot namoyondalari yetishib chiqqan. Xalq pedagogikasi manbalarida berilishicha, yoshlarni hunarmand bo’lishga odatlantirish, qiziqtirish, yo’llash va undash eng aw alo oiladan boshlanadi. Hunar o’rgatish orqali axloqiy tarbiyalash ham aw alo oilada keyinchalik ta’lim muassasalarida davom etadi. Oiladagi kattalar hunar o’rganishga yo’naltirish, ularning hunarni egallayotganlarini sinchiklab kuzatib borishi va manzur bo’lgan ishlari uchun rag’batlantirib, maqtab, mukofatlab turishlari haqida xalq pedagogikasidan juda ko’p ma’lumotlami olish mumkin. Zero, xalq o’tmishida aytilgan axloq-odob, hunar haqidagi fikrlami davr elagidan saralab o’tkazadi, durdonalarini ardoqlab, kelajak avlodga uzatadi. Demak, xalq amaliy san’ati namunalari yoshlarda kasb-hunarga mehr uyg’otish hamda mehnatsevarlik hissini singdirish vositasi bo’lib qolaveradi. O`zbek xalqining teatr va musiqa san’ati ma’naviy madaniyatda muhim o ‘rinni egallaydi. Turli xalq bayramlari va sayillarida, to’y va ziyofatlarda doimo ommaviy xalq o’yinlari sahnalashtirilgan, askiyabozlik, qo’g’irchoq teatri, darboz, sozanda-go’yanda va masxarabozlik san’ati namoyish qilingan. O’zbek xalq teatri masxaraboz-qiziqchilar va qo’g’irchoq teatrlariga bo’lingan bo’lib, ularda askiyaboz, muallaqchi, darboz, nayrangboz (fokuschi), yog’ochoyoq, masxaraboz, qiziqchi, qo’g’irchoq o’ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan. Ular boy zodagonlarning xasisligi, nopokligi, ta’magirligi, munofiqligini ayovsiz fosh qilganlar.
Inson chaqaloqlik davridayoq alia orqali qo’shiq eshitadi, butun umri davomida qo’shiq tinglaydi, oxirgi kunida ham yig’i-yo’qlov qo’shiqlari bilan kuzatiladi, ya’ni butun umri davomida qo’shiq insonga hamrohlik qiladi.Xalq qo’shiqlariga allalar, yor-yorlar, laparlar, mehnat qo’shiqlari, mavsumiy qo’shiqlar, muhabbat mavzusidagi qo’shiqlar kiradi.