Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar



Yüklə 42,67 Kb.
səhifə9/15
tarix06.04.2023
ölçüsü42,67 Kb.
#94232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
nodavlat

22-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar-organi a’zolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini ko‘rsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;
ta’sis shartnomasi — nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) uchun;
nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilishning bayonnomasi yoxud ta’sischining qarori (respublika va viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi);
joylashgan eri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tashabbuskor fuqarolarning ro‘yxati;
bosh nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi — vakolatxonalar va filiallar uchun;
dastlabki mablag‘lar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun;
vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati.
(22-modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo‘shib yuborish va o‘zgartirishda) yoki taqsimlash balansi (bo‘lish va ajratib chiqarishda);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilot muhri va shtampi yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirishda).
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan e’tiboran ikki oy ichida, jamoat birlashmasi uchun esa bir oy ichida taqdim etiladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotining yuridik shaxs bo‘lgan vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatxona va filial tomonidan taqdim etilgan, nodavlat notijorat tashkilotining markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotining yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qo‘yish nodavlat notijorat tashkiloti markaziy rahbar organlari tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat ko‘rsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham ko‘rsatilgan ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari ko‘rsatilgan holda ustavning hamda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxalari;
bosh tashkilotning O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar ham ko‘rsatilgan, o‘zbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan ishonchnoma;
bosh tashkilot faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan axborot;
ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish to‘g‘risidagi rozilik xati;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida bank to‘lov hujjati;
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami ko‘rsatilgan holda;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida belgilangan shakldagi deklaratsiya.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandi.

Yüklə 42,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin