36-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Oldingi tahrirga qarang. (36-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 37-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh.,
1999-yil 14-aprel,
763-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 115-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )