Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G‘risida


-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish



Yüklə 42,67 Kb.
səhifə14/15
tarix06.04.2023
ölçüsü42,67 Kb.
#94232
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
nodavlat

34-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati u O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligini buzgan taqdirda sud tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura organlari yoki adliya organlari ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar organlariga taqdimnoma kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati prokuratura va adliya organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining hududida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish oqibatlari
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati sudning qarori bilan belgilangan muddatga to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda uning ommaviy axborot vositalari muassisi tariqasidagi huquqlari to‘xtatib qo‘yiladi, unga ommaviy tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, xo‘jalik faoliyati, mehnat shartnomalari, o‘z harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash va jarimalar to‘lashga doir xarajatlar bundan mustasno.
Agar nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini to‘xtatib qo‘yishning sud tomonidan belgilangan muddati mobaynida u o‘z faoliyatining to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan qoidabuzarlikni bartaraf etsa, mazkur muddat tugaganidan so‘ng nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritgan organ bu tashkilotni tugatish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Yüklə 42,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin