26-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi ustidan shikoyat qilish Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 28-bandi. 27-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga qarang. (27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Nodavlat notijorat tashkiloti xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga yoki uning filialiga aylantirilgan taqdirda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir.
V. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI 28-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulki Binolar, inshootlar, turar joylar. uskunalar, inventar, pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk nodavlat notijorat tashkilotining mulki bo‘lishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkiloti o‘z majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 48-moddasi..