Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari Reja Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial sanoq sistemalari



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#197612
1   2   3   4
laziz

3.Inersiya kuchi.
Harakatdagi moddiy nuqta tezlanishiga qaramaqarshi yoʻnalgan va shu moddiy nukta massasi bilan tezlanishining koʻpaytmasi (Gʻ = —tyu) I. kuchi deyiladi. Bu yerda tezlanish inersial koordinatalar sistemasiga nisbatan olingan. Mas, matematik mayatnikda markazdan krchma I. kuchi moddiy nuqta harakatini cheklovchi ipga qoʻyilgan boʻlib, mv ga teng; bu yerda v — moddiy nukta tezligi, g— mayatnikuzunligi. I. kuchi tushunchasidan foydalanib, dinamika tenglamalari tuziladi, statika qonunlaridan dinamikada foydalanish mumkin. Moddiy nuqtaning nisbiy harakati koʻrilayotganda ham I. kuchi tushunchasidan foydalaniladi.
Inersiya markazi yoki massa markazi. Jismda yoki mexanik sistemada massa taqsimotini ifodalovchi nuqta koordinatalari I. markazi deyiladi. I. markazi, koʻpincha, massa markazi ham deyiladi. I. markazi mexanik sistema dinamikasida katta rol oʻynaydi. Sistemaga tegishli moddiy nuqtalar harakat miqdorlarining geometrik yigʻindisi sistema massasi bilan I. markazi tezligi koʻpayt-masiga teng . I. massasi sistema massasiga teng moddiy nuqtadek harakatlanadi. I. markaziga qoʻyilgan kuch sifatida tashqi kuchlar bosh vektori olinadi.
Yo’lning to’g’ri chiziqli gorizontal qismida harakatlanayotgan vagon ichidagi jismlar vaziyatini tekshiraylik. Buning uchun Yer sirti bilan bog’langan К sanoq sistemasida va vagon bilan bog’langan К' sanoq sistemasida turgan kuzatuvchilar nuqtai nazaridan fikr yuritaylik.
Bir tekis oqayotgan daryoda kema oqim bo’ylab suzib ketayotgan bo’lsa, sanoq sistemasi sifatida qirg’oqni yoki suvni olish mumkin. Xuddi shunday, to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan poyezd vagonida poyezd bo’ylab harakatlanayotgan odam uchun sanoq sistemasi sifatida vagonni yoki Yerni olish mumkin. Odamning vagonga nisbatan tezligi v, vagonning Yerga nisbatan tezligi u bo’lsin. Agar odam vagonning harakatlanish yo’nalishi bilan bir xil yo’nalishda bo’lsa, u+v bo’ladi. Harakat qarama-qarshi yo’nalishda bo’lsa, u-v bo’ladi. Bunga Galileyning tezliklarni qo’shish qoidasi deyiladi.
Tajribalar inersial sanoq sistemalarida soatlar bir xil davr bilan yurishini ko’rsatdi.
Jismlarning ko’chishi sanoq sistemalarida bir xil kechmaydi. Chunki harakatlanayotgan vagon ichidagi odamning vagonga nisbatan ko’chishi Yerga nisbatan ko’chishidan kichik bo’ladi. Jism massasini tinch holatda turgan vagon ichida o’lchangnda ham bir xil chiqadi.
Shunday qilib, inersial sanoq sistemalarda vaqt, massa, tezlanish va kuch bir xil (invariant)bo’ladi.
Tinch holatda turgan sanoq sistemasida kuch F ga, massa m ga, tezlanish a ga teng bo’lsa, to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotga sistemada mos ravishda F, m, va a bo’ladi. F = F;m= m;a= a bo’lganligi tufayli, Nyutonning ikkinchi qonuni F = F=ma yoki F=ma kabi ifodalanadi. Bundan Nyuton qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida o’rinli bo’lishi kelib chiqadi.

Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin