Noklassik ontologiyaning yo'nalishlari va mohiyati bo'yicha esse tayyorlash



Yüklə 3,27 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü3,27 Kb.
#208400
Noklassik ontologiyaning yo\'nalishlari va mohiyati bo\'yicha esse-genderi.org


Noklassik ontologiyaning yo'nalishlari va mohiyati bo'yicha esse tayyorlash

Noklassik ontologiyaning yo'nalishlari va mohiyati bo'yicha esse tayyorlash

Martin Haydegger (1889.26.9 — Meskirx, Baden - 1976.26.5) — nemis faylasufi-ekzi-stensialist. 1928—45 yillarda Freyburg, keyin Breysgau untlarida professor Gusserlnint shogirdi va izdoshi boʻlgan boʻlsa-da, asta-sekin undan uzoklasha bordi.

Borliq haqidagi taʼlimot ("fundamental ontologiya")ni rivojlantirdi; bu taʼlimot asosida haqiqiy mavjudlik (ekzistensiya) bilan kundalik. oddiy dunyoni qarama-qarshi qoʻyish yotadi; H. fikricha, borliqning maʼnosini anglab yetish inson mavjudligining bebaqoligini fahmlash bilan bogʻliqdir. 

H.ga koʻra, borliqning, inson shaklining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat borliqning boshqa koʻrinishlarini, balki oʻzini oʻzi bilishga ham qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli munosabatlar oʻrnatish xususiyatiga ega. 

Shuning uchun ham bunday borliq, yaʼni inson ekzistensiyasi — ontologiyaning poy-devori boʻlmogʻi kerak. H. taʼlimoti va u yaratgan oʻziga xos atamalar hozirgi zamon tafakkuri, xususan Yevropa fal-safasi uchun kuchli turtki boʻldi.

Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. 

Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan.

Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta yerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. 

Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi.

Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.



http://genderi.org
Yüklə 3,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin