Nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 283,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.09.2023
ölçüsü283,18 Kb.
#150213
1   2   3   4   5   6
Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari

Sotsial turlari
Sotsial dinamika — bu jamiyat va uning sotsial strukturasining yangilanishlarga olib keladigan 
rivojlanishi, uning o„zgarish va amal qilish jarayonlarining yig„indisidir. Sotsial dinamikaning bir 
necha turlari mavjud — chiziqli (evolyutsiyaviy), siklli, spiralsimon.
1) Sotsial o „zgarishlaming chiziqli turi. Evolyutsiya (lot. evolutio — kengayish, avj olish) — tirik va 
jonsiz tabiatda, shuningdek sotsial tizimlarda kechadigan o„zgarishlar jarayonlaridir; keng ma‟noda 
— u rivojlanishning sinonimi hisoblanadi. Evolyutsiya murakkablashuvga, tabaqalashuvga, tizimni 
uyushtirish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tor ma‟noda evolyutsiya o„z ichiga faqat 
bosqichma-bosqich o„zgarishlarni oladi (bu holatda evolyutsiya tushunchasi revolyutsiya (inqilob) 
tushunchasiga qarama-qarshi qo„yiladi).
Jamiyatni tahlil etishda evolyutsiyaviy yondashuv hozirgi davrgacha qo„llanilmoqda. T.Parsons 
«evolyutsiyaviy o„zgarishlar» nazariyasini ishlab chiqib, unda evolyutsiyaga nisbatan jamiyatning 
strukturaviy-funksional differensiyaatsiyasi (tabaqalanishuvi) sifatida qaradi. Jamiyatning 
tabaqalanishi uning evolyutsiyasining muhim mezoni hisoblandi.
Mashhur sotsiolog R.Bellning fikricha, «evolyutsiyani organizm, sotsial tizim yoki har qanday 
boshqa tuzilmalaming o„z ajdodlariga nisbatan ko'proq avtonom boyish uchun yangi muhitlarga 
moslashish qobilligi bilan ta‟minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuv sari o'sish 
jarayoni, deb tushunmoq lozim».
2) Sotsial jarayonlaming siklli turi. Agar evolyutsiyaviy nazariyalar tarixni bosqichli darajalardan 
iborat, muayyan yo'nalishni ifodalaydigan jarayon sifatida tavsiflasa, siklli jarayon nazariyotchilari 
alohida sivilizatsiyalar muqarrar ravishda tanazzulga uchraydi, degan qarashlarga asoslandi. Ular 
jamiyatni muayyan tartib bo'yicha chiziqli tarixiy ko'rsatkichlar doirasiga joylashtirishga urinmaydi. 
Ular uning o'miga jamiyatning turli bosqichlaridagi o'sishlar va inqirozlami jamiyat bilan taqqoslab, 
ular ichidan o'xshashlikni topishga harakat qildi. Agar evolyutsiyaviy o'zgarishlar nazariyotchilari 
vakillari insoniyatga nisbatan uning uzluksiz rivojlanib borishi xususiyatidan kelib chiqib unga umid 
va ishonch bilan qarasa, siklizm tarafdorlari har qanday sivilizatsiya tanazzulga yuz tutadi, degan 
qarashlardan kelib chiqib bu jarayonga umidsizlik bilan qaradi.
Nemis olimi O.Shpengler (1880-1936) o'zining «Yevropaning tanazzuli» (1923) asarida 
madaniyatning xuddi odam hayotida ro'y berganidek, rivojlanish va tanazzul bosqichlaridan (paydo 
bo'lish, yetuklikka erishish, tanazzulga uchrash va halokat) o'tishini isbotlashga urindi. U har biri 
ming yilga yaqin yashagan sakkiz turdagi madaniyatni o'rganib, g'arb madaniyatining 
yaratilganligiga deyarli 900 yil bo'lganligini, shuning uchun ham uning tanazzulga uchrashiga yaqin 
qolganligini bashorat qilishga harakat qildi. Ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889-1975) o'zaro almashib 
turish asosidagi sivilizatsiyalaming rivojlanish qonuniyatlarini asoslash va uning prinsiplarini 
shakllantirishga urindi. Uning fikricha, sivilizatsiya qandaydir «da‟vatlar yoki chaqiriqlar»ga javob 
berish oqibati sifatida vujudga keladi. Ana shunday da‟vatlar jumlasiga tabiat kuchlari (og'ir iqlim) 
yoki insoniy omillar (urushqoq qo'shnilar) kiradi. Sivilizatsiya o'ziga qarshi turuvchi omillarning 
unchalik keskin bo'lmagan, ijodiy ozchilik (ziyoli elita) salbiy omillarning kuchiga yarasha kuch 
bilan qarshilik qilish qobiliyatiga ega bo'lsagina rivojlana oladi yoki ravnaq topishga erishadi.
3) Sotsial o'zgarishlarning spiralsimon turi. Spiralsimon model jamiyatda ro'y berayotgan ham 


evolyutsiyaviy, ham inqilobiy o'zgarishlarni hisobga oladi. Bu kabi o'zgarishlar marksizm asoschilari 
tomonidan ishlab chiqildi. Unga binoan, jamiyat rivojlanishining o'ziga xos pog'onalari sifatida 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar izchillik bilan o„zaro almashib boradi. Bunda jamiyatni 
o'zgartirishda evolyusiviy va inqilobiy omillarning biigalikda ta‟sir qilishi e‟tirof etilsada, 
inqiloblarga katta ustuvorlik bedldi. Jamiyatni o„zgartirishning asosiy shakli sifatida moddiy ishlab 
chiqarish, sotsial inqilob kabi amaliyotlar tan olinadi. Sotsial jarayonlarning turlaridan biri — bu 
sotsial harakatlar bo„lib, u — «jamiyat yoki sotsial guruhlardagi sotsial o„zgarishlami qo'llab-
quwatlash yoki ularga qarshilik qilishga qaratilgan jamoaviy xatti-harakatlaming yig'inidisidir» 
(R.Temer). Sotsial harakatlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1) inqilobiy harakatlar — jamiyat sotsial strukturasining kutilmagan tarzda, kuch ishlatish vositasida 
o„zgarishi. Taniqli olimlar L.Edvars va K.Brinton fikricha, inqilobiy harakatlarning ko„p 
uchraydigan turlariga quyidagilar kiradi: qoniqmasliklarning to„planishi va notinchlik, paydo bo'lgan 
muammolaming chin mohiyatini intellektual qatlam tomonidan tushuntirib berish qobiliyatining past 
darajada ekanligi, harakatga kirishishga undaydigan sotsial afsonalaming paydo bo'lishi, inqilobiy 
portlash, boshqaruvning mo'tadillar qo'liga o'tishi, ekstremizm va terrorchilikdan hokimiyatning 
tinch yo'l bilan rivojlanish qoidasiga qaytish;
2) islohotlar harakati — ijtimoiy hayotning alohida tomonlarini o'zgartirishni jamiyatda radikal 
o'zgarishlarsiz amalga oshirishga urinish (masalan, abolitsionizm harakat sifatida qandaydir qonunni 
bekor qilish talabi bilan chiqadi, ekologik harakat va hokazo);
3) hayoliy harakatlar — o„z davridan ancha oldinga o'tib ketgan va harakatning zamonga mos 
kelmaydigan jihatlariga asoslangan holdagi yangi sotsial tartibotni shakllantirishga urinishlar;
4) qarshilik ko'rsatish harakatlari — ortiqcha inqilobiy sotsial o'zgarishlarga nisbatan ham ijobiy, 
ham salbiy ko'rinishdagi qarshiliklar;
5) ekspressiv (ta‟sirli, hissiyotli) harakatlar — hali sotsial muhitni o'zini modifikatsiyalamay turib, 
unda xulqni modifikatsiyalash (xipp, rokerlar va boshqa harakatlar).
Sotsial harakatning turlari sifatida yana diniy, yoshlar, emigrantlar, feministlar harakatlari kabilami 
keltirish mumkin. Sotsial harakatlar faqat muayyan vaziyatlarda vujudga keladi. Sotsial vaziyatlarga 
(shart-sharoitlarga) misol tariqasida sotsial harakatlami vujudga kelishi va rivojlanishiga qulaylik 
tug'dirib beradigan quyidagi uning turlarini keltiramiz: sotsial buzg'unchilik (anomiya, 
begonalashuv), sotsial qoniqmaslik (sotsial adolatsizlik, maqomiy noaniqlik) va hokazo.
Sotsiologiya tarixida jamiyatni o'zgartirishning turli-tuman mexanizmlari (modellari, shakllari) sinab 
ko'rilgan. Masalan, taniqli olim G. Tard taqlid qilish qonunini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, faqat 
«taqlid qilish» sotsial o'zgarishlarning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Lekin, jamiyatni 
o'zgartirishning keng tarqalgan mexanizmlarini tavsiflash uchun «inqilob» va «islohot» 
(«evolyutsiya») tushunchalarini ko'rib chiqish lozim.
Inqilob (revolyutsiya — lot. revolution — burilish, to'ntarish) — tabiatning qandaydir hodisasi, 
jamiyat yoki bilish (geologiyadagi inqilob, sanoat inqilobi, ilmiy-teznika inqilobi, madaniy inqilob 
va hokazo) kabilaming rivojlanishidagi chuqur sifat o'zgarishlaridir. Inqilob rivojlanishdagi sifatiy 
sakrash va tadrijiylikning uzilishini anglatadi. Inqilob evolyutsiyadan ham, islohotdan ham katta farq 
qiladi. Inqilobning keng ma‟nodagi tushunchasi ijtimoiy rivojlanishni tavsiflashda qo'llaniladi.
Sotsial inqilob — tarixan o'zini tugatgan davrdan zamonaviy ilg'or davrga o'tish yo'lidir; u 
jamiyatning barcha sotsial strukturasida yuz bergan tub sifatiy to'ntarishdir. Ijtimoiy rivojlanishda 
inqiloblaming o'mi masalasi o'tkir mafkuraviy kurash mavzusiga aylandi. «Inqilob sotsiologiyasi» 
vakillarining vajlariga binoan inqilob sotsial rivojlanishning shakli sifatida samarasiz va foydasiz 
bo'lib, u ulkan serxarajat hodisa bo'lishi bilan bir qatorda rivojlanishning evolyutsiyaviy shakliga har 
tomondan yon beradi. Marksizm asoschilari esa sotsial inqiloblami «tarix lokomotivlari», deb ataydi
inqiloblar davrini ijtimoiy taraqqiyot bilan tenglashtiradi.
Evolyutsiya va inqiloblar rivojlanish jarayonlarida bir xil tarzda - muhimlik kasb etgan hodisalar 
bo'lib, ular ziddiyatli birlikni hosil qiladi. Sotsial inqiloblami tavsiflashda uning ikkita xususiyati 
namoyon bo'ladi:


1) sotsial inqilob tadrijiylikning uzilishi sifatida, rivojlanishning keyingi sifat darajasiga o'tish 
sifatida, omma va inqilobiy harakat tarafdorlari bo'lgan elita ijodiyotining namoyon bo'lishi sifatida;
2) sotsial inqilob jamiyatni o'zgartirishda tezlik bilan ro'y beradigan va keng miqyosli o'zgarishlar 
sifatida (bunda inqilob islohotlarga qaramaqarshi qo'yiladi). Sotsial hayotda evolyutsiya va inqilob 
tushunchalariga «islohot» iborasi qo'shiladi.
Islohot (reforma — lot. reformare — o'zgarish, qayta o'zgarish) — mavjud sotsial strukturalar 
asoslarini butunlay yo'q qilvormaydigan, ijtimoiy hayotning qandaydir tomonlarini yangidan qurish, 
o'zgartirish demakdir. Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, islohot deganda har qanday mazmundagi 
yangiliklami kiritishdir. Lekin, amaliyotda islohot deganda ko'pincha, taraqqiyparvarlik, ijtimoiy 
hayot sohalariga yangiliklar kiritish tushuniladi.
Sotsial taraqqiyoti progress). XIX asrda aksariyat sotsiologik nazariyalar sotsial taraqqiyot 
konsepsiyasini rivojlantirishga urindi. Dunyodagi o'zgarishlar muayyan yo„nalishlarda ro„y berishiga 
doir tasawurlar qadimgi davrdan boshlab shakllandi. Shu bilan birga, taraqqiyotga regress (orqaga 
ketish, inqiroz) qarama-qarshi qo„yildi: taraqqiyot harakatlari pastdan yuqoriga, oddiydan 
murakkabga, quyi takomillikdan ko'proq takomillashishga o„tishni anglatadi. Taraqqiyot asosida 
evolyutsiya qonunlari yotishini isbot qilish uchun urinishlar bo'ldi. Taniqli sotsiolog olim G.Spenser 
va boshqa sotsial darvinizm tarafdorlari sotsial evolyutsiyani biologik evolyutsiyaga o„xshashlik 
sifatlarini tadqiq etdi. Bunda evolyutsiya jamiyatning bir xildagi oddiy stmkturalarining turli-tuman 
va bir-birlariga o„zaro bog'liq bo'lgan strukturalarga bir yo'nalish bo'ylab o'tishi sifatida talqin etildi. 
Jamiyat rivojlanishining asosiy qonunlari darvinizmning «yashash uchun kurash» va «ko'proq 
moslashganlar omon qoladi» kabi qarashlari hisoblana boshladi. Bu qonunlami erkin raqobatlar 
qonuniga o'xshatishga intilishlar kuchaydi. Demak, sotsial taraqqiyot ijtimoiy hayotning yanada 
murakkab shakllariga ko'tarilishni anglata boshladi.
Sotsial taraqqiyot sotsial o'zgarishlarning kuchayishini ifodalay boshladi: hayot tarzining 
yaxshilanishi, fan, texnika va ta‟lim rivoji, inson huquq va erkinliklarini ta‟minlashning o'sishi va 
hokazo. Lekin, ko'plab sotsial hodisalarga nisbatan taraqqiyot tushunchasini ishlatib bo'lmaydi. 
Chunki, ijtimoiy hayotning ba‟zi hodisalari chiziqli harakat qilmaydi. Masalan, san‟at, din va boshqa 
sotsial hodisalar doirasidagi rivojlanishning oliy namunalari bir necha minglab yillar oldin 
yaratilgan. Shu bilan birga, texnika va texnologiya kabi hodisalar doimiy ravishda taraqqiy etib 
borish xususiyatlariga egadir. Shuning uchun sotsial taraqqiyotni turli tamoyillaming uchta birligi 
sifatida tasawurlash (taraqqiylik, orqaga ketishlik, doira bo'ylab harakat qilish) shakllandi. Bu 
tamoyillardan qaysi birining (aniq sotsial hodisaga qo'llanishida) ustunlik qilishidan kelib chiqib va 
unga bog'liq holda uni tavsiflashga imkoniyat tug'ildi. U yoki bu hodisaning taraqqiylik yoki orqaga 
qaytishlik bahosi obyektiv ko'rsatkichlarga asoslanishni talab etadi. Bunda taraqqiyot mezonlari 
masalasiga ko'ndalang kelamiz. Masalan, sotsialistik jamiyatda insoniyat - ning taraqqiyotiga umum 
tarixiy mezon sifatida ishlab chiqamvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish 
munosabatlarining xususiyatlari olindi. Texnokratik nazariyalarda jamiyatning rivojlanish darajasi 
texnika va texnologiyaning rivojlanish mezonlari asosida o'lchanadi. Qator sotsial ta‟limotlarda 
mezon sifatida insonning tafakkurlash darajasi, uning jamiyatdagi ahloqi, dindorligi olinadi.

Yüklə 283,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin