Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


*******Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə138/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318
*******Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo’lgan muhim psixik funktsiYadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, Shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korrektsiYa bilan korrektsion pedagogika (defektologiYa)ning muhim sohasi - logopediYa (yunoncha logos – so’z va paideia - tarbiyalash) Shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o’z-o’zilan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funktsiYalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiYa, jarohatlar, intoksikatsiYa), turli akusherlik patologiYalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tez sodir bo’lishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar sabab bo’ladi.
Hozirgi kunda logopediYada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:

  1. tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;

  2. psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.

Tibbiy-psixologik turda ko’riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  1. og’zaki nutqning buzilishi;

  2. yozma nutqning buzilishi.

Og’zaki nutqning buzilishi o’z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:

  1. nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;

  2. fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi

Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiYalash uni pedagogik jarayonda qo’llashga yo’naltirilgan bo’lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan korrektsion-rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiYalashga ko’ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo’llashdagi buzilishlar.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin