«To‘g‘ri maslahatni olmagan – nodon!»
Masala 27. SHoira qishloqdan keldi-yu, o‘zgardi-qoldi. O‘ziga bino qo‘Yadigan, dugonalarini mensimaydigan bo‘lib qoldi. Uning oldiga tanish-bilish yigitlari tez-tez kelib turadigan, uzoq qolib ketishadigan, xonadosh dugonalarining dars qilishlari, dam olishlariga halaqit beradigan bo‘lishdi. Bundan xabar topgan kurs rahbari SHoiraga murabbiyga xos bosiqlik bilan, ehtiyotkorona maslahat berdi. SHoira bunga javoban: Men sizning faningizdan va boshqa fanlardan Yaxshi o‘qiymanmi, dars qoldirmaymanmi, jamoat ishlarida qatnashamanmi, bo‘ldi-da. qolgani meni Shaxsiy ishim bo‘lsa kerak, - deb javob berdi.
Kurs rahbari bunga qanday javob berishi va qanday chora-tadbirlar ko‘rishi kerak?
A) haqiqatda SHoira Yaxshi o‘qiydi. Uning ustiga yuqori kurs talabasi. O‘z Shaxsiy hayotini qurish haqida o‘ylashi kerak. Shuning uchun SHoiraga hech narsa demaslik kerak;
B) SHoiraxon, to‘g‘ri, Yaxshi o‘qiysiz, hamma ishda faolsiz. Lekin tanish-bilish yigitlaringiz bilan xonada emas, tashqarida gaplashganingiz ma’qul, - deb maslahat berishi kerak;
V) YAxshi o‘qiganingiz, jamoat ishlarida faol qatnashganingizning o‘zi etarli emas. qiz bola iffatli, hayoli, iboli bo‘ladi. Ota-onangiz sizni o‘qishga yubora turib, taqdiringizni biz pedagoglar, tarbiyachilarga ishonib topshirgan. Biz sizning ham ta’limingiz, ham tarbiyangiz uchun javob beramiz. qolaversa, bu bizning akalik, ota-onalik, insoniylik burchimiz. Shuning uchun maslahatlarimizga quloq ossangiz, o‘zingizning foydangiz, o‘zingizning baxtingiz. Buni hozir tuShunmasangiz, keyin tuShunasiz. Bunaqa hayotga engil qaramang. Keyin kech bo‘ladi, singlim. O‘shanda afsuslanishning hojati yo‘q. Agar bunday noma’qulchiliklarni davom ettiraveradigan bo‘lsangiz, ota-onangizga bu haqda ma’lum qilaman va masalangizni kurs majlisiga qo‘Yaman.
«Oilada farzandlar orasidagi mehnat taqsimotiga e’tibor bering!»
Masala 28. YAkshanba kuni. Nasiba opa qizlari bilan uyda. Katta qizi kir yuvmoqda. Kichkina qizi televizor tomosha qilib o‘tiribdi. Nasiba opa osh dam eganini, uni suzishini aytdi. Katta qizi kirlarini hali bo‘lmaganini, uni chayib, osish kerakligini aytdi. Nasiba opa nima qilishi kerak?
A) qizi kirlarini chayib, yoyib bo‘lishini kutishi kerak;
B) Kichik qizi bilan ikkalovi oshni suzib eYaverishlarini, katta qizi kirini bo‘lsa, o‘zi oshini solib eYaverishini aytishi kerak;
V) Kichik qiziga: tur, qizim, opangning kirlariga chayishib, yoyishib yubor. Birgalikda tez bo‘lasizlar. Singlisi opasiga yordamchi bo‘lishi kerak. Keyin hammamiz birgalikda ovqatlanamiz, deyishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |