Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə238/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   318
Masala 37. SHoirani qimmatbaho ko‘ylak kiyib kelgani uchun sinf rahbari darsdan chaqirib oldida, uyiga borib, boshqa oddiy kiyim kiyib kelishini aytdi. Bu holatga oila a’zolarining munosabatlari?
A) Dadasi qiziga: o‘qituvchingning sening kiygan kiyiming bilan nima ishi bor ekan? Bor maktabga boraver. O‘qituvchining bekor aytibdi;
B) Oyisi: qizimni qanday kiyintirish mening ishim. Sinfidagi ba’zi qizlarga o‘xshab, qizim maktabga bir pullik kiyimda borsinmi?
V) Buvisi nabirasiga: O‘qituvching to‘g‘ri aytibdi, qizim. Maktabga o‘zingni ko‘z-ko‘z qilgani bormaysan, bilim olgani borasan. Ikkinchidan, boshqa o‘rtoqlaring oldida sening ajralib turishing Yaxshi emas. Ularning ota-onalarining qizlarini senga o‘xshab kiyintirishlariga imkoniYatlari bo‘lmasligi mumkin. Bundan ularning ko‘ngli o‘ksiydi. Demak, bu bilan sen ularni xafa qilgan, qalbini cho‘ktirgan bo‘lasan. Shuning uchun o‘qituvchingning aytganini qilib, maktabga oddiyroq kiyimlaringni kiyib bor.


Pedagogika nazariYasi” fanidan vaziYatli topshiriqlar to‘plami

  1. Ma’naviYat haqidagi ma’ruzadan so‘nggi yozib qoldirilgan xat: “Pedagogika bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ham o‘qituvchi vijdoni haqida kamdan-kam gapiriladi. Uni qanday izohlash mumkin?” Siz «o‘qituvchi vijdoni» deganda, nimani tuShunasiz? O‘z fikringizni ilmiy asoslang.

2. YOzma refleksiYa uchun o‘quvchilarga mavzu berildi: “Bugungi kundagi tarbiyaning eng xarakterli belgisini ayting”. Bolalar turlicha javob berishdi: ular siyosiy madaniYatni oshirishdan, televizorda narkotik moddalarni iste’mol qilishga qarshi mavzularda reklama berishgacha. Sinf xonasi bahs maydoniga aylanib ketdi. Siz sinfdagi bahs san’atini qanday tashkil etgan bo‘lardingiz?

  1. Sinfda subkultura tuShunchasi atrofida munozara boshlandi. Kimdir uni ijobiy baholagan bo‘lsa, kimdir salbiy fikr bildirdi. Siz mazkur tuShunchani qanday izohlagan bo‘lardingiz?

  2. Bir mashhur pedagogning xotira daftarida Shunday fikr yozib qo‘yilgan: “Iqtidorli bola – me’yordan og‘ishgan bola”. Mazkur fikrga siz qanday munosabat bildirasiz?

  3. Siz sinfxonaga dars o‘tishga kirdingiz. Biroq xona iflos. Qog‘ozlar sochilib yotibdi. Siz sinfdagi bir o‘quvchi qizga qog‘ozlarni terib olishni aytdingiz. Lekin qiz sizga qog‘ozni u tashlamaganligi, Shuning uchun olishga majbur emasligini bildirdi. Siz mazkur vaziYatda qanday yo‘l tutardingiz?. O‘zingiz tutadigan yo‘lni ilmiy jihatdan asoslab bering.

  4. Tarbiyasi og‘ir o‘smir. Biroq kimningdir darsida u jim o‘tiradi, hamma narsani vaqtida bajaradi. Biroq sizning darsingizda esa, o‘zini tartibsizligini namoyish etadi. Siz mazkur vaziYatdan qanday chiqishingiz mumkin?

  5. Siz ishlaydigan pedagogika kollejidagi bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz o‘tayotgan fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili Yakunida jurnalda mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz. Siz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziYatda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?

  6. Siz kollej rahbarisiz. Qo‘l ostingizdagi o‘qituvchingiz ertalab ishga kelib, 1-parani tugatib uyiga ketib borayotgan edi. Siz qaerga ketayotganini so‘raganingizda, darsini o‘tib bo‘lib, uyga ketayotganligini aytdi. Siz ish vaqti tugamaganligini aytdingiz, biroq o‘qituvchi indamasdan ketib yubordi. Mazkur vaziYatni baholang va uni hal eting.

  7. Siz kollej rahbari sifatida Pedagogik Kengash o‘tkazYapsiz. Lekin orqada o‘tirgan yosh o‘qituvchilardan ikkitasi gapni eshitmasdan, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Siz ogohlantirish berdingiz. Lekin ular mazkur holatni qayta takrorlashib o‘tiribdi. Mazkur vaziYatni baholang. Siz qanday yo‘l tutar edingiz?

  8. GeografiYa darsiga har doim tayyor bo‘lib keladigan Sunnatni o‘qituvchi doskaga chaqirdi. Biroq u tayyor emasligini aytdi. O‘qituvchi unga ikki baho qo‘ydi. Sunnat indamasdan joyiga o‘tirdi. Sunnatning uch kun oldin buvisi vafot etgan edi, Shuning uchun u darsga tayyorlana olmagan edi. Siz sababni bilgan va bilmagan holatda tutishingiz mumkin bo‘layotgan vaziYatni sharhlang.

  9. Sizni 9-cinf bitiruvchilari bitiruv oqshomiga taklif etdi. Ketma-ket qo‘ng‘iroqlar bo‘laverdi. Sizni boshqa joyga ham mehmonga taklif etishgan. Siz mazkur vaziYatda qanday yo‘l tutardingiz?

  10. Odatda, tez-tez o‘qituvchilar jamoasi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida “o‘zaro masofaviy chegara” bo‘lishi lozimligini ta’kidlashadi. Sizningcha, bunday “o‘zaro masofaviy chegara” nima? O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi “o‘zaro masofaviy chegara”ni qanday baholaysiz?

  11. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkinligi haqida ham turlicha fikrlar bor: kimdir o‘qituvchi o‘quvchi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi zarur, desa, kimdir esa, aksincha. Siz o‘zingizning Shaxsiy bahongizni ilmiy asoslagan tarzda bayon etib bering.

  12. Tasavvur qiling: Siz o‘quvchingizga bilim – kuch ekanligini tuShuntirmoqchisiz. Buni qanday uddalaysiz?

  13. Individuallik. Bu tuShuncha bilan birga individualizm tuShunchasi ham ishlatiladi. Siz quyidagi tuShunchalarni amaliy pedagogik nuqtai nazardan izohlang: “o‘quvchining individualligi”, “Shaxsdagi individualizm”.

16. Sergeli tumanidagi 268-maktabning biologiYa fani o‘qituvchisi “Ma’naviYat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari” bo‘lganligi uchun darslarni ham vaqtida o‘ta olmas edi. Darslarni o‘tgan vaqtida ham o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini nazorat qilib bormasdi. O‘quv yilning birinchi choragi tugab, o‘quvchilar ta’tilga chiqishganida o‘qituvchi ularning choraklik baholrini qo‘yib qo‘ygandi. II chorak boshlangach o‘quvchilar sinf rahbarlaridan biologiYa fanidan qo‘yilgan baholarni eshitib hayratlanib qolishdi. CHunki baholar o‘quvchilar tomonidan olinmagan edi.

  1. O‘qituvchi to‘g‘ri ish qilgan deb o‘ylaysizmi?

  2. O‘qituvchi ta’lim olganlikni tashxislashning qaysi tamoyillarini buzgan?

  3. O‘qituvchining o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini bunday nazorat qilishi ularning bilim olishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi?

17. Ertalab soat 8.00. Hali maktabda dars boshlanishiga Yarim soat bor. Ikrom ertacha kelgani uchun tashqarida turmasdan kimyo fani o‘qituvchisining xonasiga bordi. Xonada kimyo o‘qituvchi bilan birga adabiyot o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan edi. Ikrom kimyo o‘qituvchisidan kirib o‘tirishga ruxsat so‘radi. Sinfga kirib joylashdi-da, kimyo kitobini olib darsga tayyorlana boshladi. Biroq xayoli bo‘linib ketaverdi. CHunki adabiyot o‘qituvchisi kimyo o‘qituvchisiga Ikrom o‘zini ham, darsini ham Yaxshi ko‘radigan geografiYa fani o‘qituvchisini yomonlashardi. Mazkur vaziYatga baho bering. VaziYatning o‘quvchiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini izohlang.

    1. Ona tili darsi. Eshik ochilib, uzr so‘ragan holda 9-«B» sinf o‘quvchisi Barno o‘qituvchidan 6-«A» sinf jurnalini geografiYa fani o‘qituvchisiga berib turishni so‘radi. Biroq o‘qituvchi jurnalni o‘zi to‘ldirayotganligini aytdi. Bir oz o‘tib, o‘quvchi Yana qaytib keldi. Bu safar besh minutga berib turish so‘ralgan edi. O‘qituvchi Yana o‘zi ham o‘quvchilarni baholayotganligini aytib, jurnalni bermadi. Bir oz vaqt o‘tib, geografiYa fani o‘qituvchisining o‘zi keldi. Eshikni ochib, to‘g‘ri kirib keldi va ona tili fani o‘qituvchisiga baqirib ketdi. Turli haqoratli so‘zlar aytib, o‘qituvchini o‘kuvchilar oldida izza qildi. Biroq ona tili o‘qituvchisi ham qarab o‘tirmadi. U ham geografiYa fani o‘qituvchisiga jurnalni bermasligini, sinfdan chiqib ketishini aytdi. VaziYatni tahlil eting va pedagogik etika nuqtai nazaridan unga baho bering.

19. CHizmachilik darsi. 9 «V» sinfning ikki o‘quvchisi – Shuhrat va Elmurod an’anaviy tarzda darsga kechikib keldi va o‘qituvchidan o‘tirishga ruxsat so‘radi. Biroq o‘qituvchi kirishga ruxsat bermadi. O‘quvchilar esa, sinfga baribir kirishlarini zarda bilan aytishib, chiqib ketishdi. Oradan besh minut o‘tib, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarini aytib kelishdi. Direktor o‘rinbosari kirib, o‘qituvchiga o‘zi uch kundan bo‘yon darsga kelmasdan, bugun o‘quvchilarni darsga kiritmay o‘tirishi mumkin emasligini aytdi-da, o‘quvchilarga sinfga kirishini aytdi. O‘qituvchi esa, o‘quvchilarni sinfga kirmasligini aytib, eshikni yopib oldi. Mazkur vaziYatga baho bering. Rahbarlik mahorati va o‘qituvchi kompetentligi nuqtai nazaridan vaziYatni tahlil eting.

  1. Adabiyot darsi boshlanmoqda. Qo‘ng‘iroq chalinib, o‘qituvchi sinfga kirganida, o‘quvchilar o‘zaro bir-biri bilan janjallashib turganini, Shuhrat Dostonni bo‘yniga zanjir solib bo‘g‘ib turganini ko‘rdi va yugurib ularning oldiga bordi. Shuhratni qo‘lidan tortib, Dostondan uni ajratib oldi. Biroq Shuhrat Dostonni qo‘yvorishi bilan u bor bo‘yi bilan polga ag‘darilib tushdi. O‘quvchilardan biri sinfxonada turgan suvdan bir hovuch olib keldi-da, Dostonning yuziga sepdi. Dostonni o‘ziga keltirib olishdi va o‘qituvchi o‘quvchilardan ikkitasidan uni uyiga olib borishini iltimos qildi. Biroq o‘qituvchi mazkur holatni rahbariYatga ma’lum qilmadi. Siz mazkur vaziYatni qanday baholaysiz? O‘qituvchi tutgan yo‘lga o‘z munosabatingizni bildiring.

21. Tarix darsi. Darsning o‘rtasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmon eshikni taqillatib, uzr so‘rab, o‘qituvchini chaqirdi. O‘qituvchi uning kirishiga ruxsat berdi. O‘quvchi o‘qituvchiga hozir ularda ona tili darsi ekanligini aytdi. Biroq o‘qituvchi uning daftarini yirtib tashlaganligini aytib, o‘qituvchidan xarita ko‘rsatadigan tayoqchani berib turishini so‘radi. O‘qituvchi hayron qolib, tayoqchani nima qilishini so‘radi. O‘quvchi esa, o‘qituvchini urmoqchi ekanligini aytdi (O‘qituvchi ayol kishi edi). O‘qituvchi bunday qilish, umuman, to‘g‘ri emasligini, o‘quvchining o‘zidan ayb o‘tganligini aytib tuShuntirmoqchi bo‘ldi va o‘quvchidan darsga qaytib borishini so‘radi. Biroq o‘quvchi o‘qituvchining darsiga kirmasdan, Shu erda o‘tiraman, deb turib oldi. Shundan so‘ng o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarga topshiriq berdi va o‘quvchini olib, xonasiga bordi. O‘qituvchini uzr so‘rab, tashqariga chaqirdi va o‘quvchilarni o‘zidan bezdirmaslikni iltimos qildi. O‘qituvchi esa, o‘quvchilardan shikoYat qilib ketdi. Tarix o‘qituvchisi esa, Shu sinf o‘quvchilariga u ham dars o‘tishini, ularga Shaxsga yo‘naltirilgan tarzda munosabatda bo‘lishni iltimos qildi. VaziYatga baho bering. Nega o‘quvchilar ona tili o‘qituvchisini hurmat qilishmaydi? VaziYatni baholang. Mazkur vaziYatda ona tili o‘qituvchisining o‘rniga o‘zingizni qo‘yib, vaziYatdan chiqish yo‘lini tuShuntiring.

  1. Adabiyot darsi. O‘qituvchi o‘quvchilarning uy vazifalarini tekshirib chiqa boshladi. Har doim uy vazifasini bajarib kelayotgan Jamshidning uy vazifasi bajarilmagan edi. O‘qituvchi jahl ustida uni yuziga shapaloq tushirib yubordi. O‘qituvchining xatti-harakatiga pedagogik psixologiYa nuqtai nazaridan baho bering. O‘qituvchining valeologik tayyorgarligi deganda nimani tuShunasiz?


Pedagogika nazariYasi” fanidan masalalar to‘plami



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin