«Farzandingizni Yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib boring» Masala 25. O‘rtoqlari bilan har kuni quvnab o‘ynaydigan Nigora bugun o‘ynagani chiqmadi, chunki oyisining mazasi qochib, uyida isitmalab yotar edi. Nigora: qanday qilib oyimga yordamlashsam ekan, - deb o‘ylar edi. Ammo u ovqat qilishni hali bilmas, yig‘ilib qolgan bir talay kirni kecha oyisi yuvib qo‘ygan edi. NihoYat nimalarnidir reja qilib, ishga unnay ketdi. CHala qilib uyni supurdi. qo‘lining kiri bilan nari-beri qilib piyolalarni yuvdi. Oyisiga choy qo‘ydi. qizining ivirsilab taqir-tuqir qilib yurganidan xavotirlangan ona o‘rnidan turib, uni navbatdagi ish ustida ko‘rdi. Onaning bu vaziYatda qiziga bo‘lgan munosabati:
A) Uyni ham Shunaqa supuradimi, qizim? Bu – piyolalarni yuvganingmi yoki yuvmaganingmi?
B) Piyolalarni o‘zi yuvib qo‘ydi. qiziga: hech narsaga tegma, tuzalganimda o‘zim qilaman. Bor, sen o‘ynayver, - dedi;
V) Voy, asal qizim, katta bo‘lib qolibsan-ku. Sen menga choy qo‘yib, uylarni supurib, yordamchi bo‘lib qolganingga Shukur. Faqat-chi, qizim, piyolalarni yuvishdan oldin qo‘lni Yaxshilab yuvib olish kerak. Keyin uy supurganda bir chetdan, tozalab supuradi. Xo‘pmi, qizim? – deb qizining peshonasidan o‘pib qo‘ydi.
«Inson xotirasi muqaddasdir!» Masala 26. XosiYat opa olamdan o‘tganlaridan keyin uning tilla taqinchoqlariga talashib, arazlashib qolgan ikki qizi, onalarining qarindosh-urug‘lar yig‘ilib, o‘tkazayotgan ma’rakalaridan biriga kelmadi.
Bundan hijolat bo‘lgan kenja qiz qanday yo‘l tutishi kerak? A) Kelmasa-kelmas deb o‘zlari o‘tkazaverishlari kerak;
B) Borib opalarini murosaga keltirishga harakat qilishi, tilla taqinchoqlarni qanday taqsimlash haqida maslahatlashib olishlari kerak;
V) Opalarining oldiga borib, bu ishlarining noma’qul ekanligini tuShuntirishi, bunday qilsalar el-yurt oldida nomusga qolishlari, onalarining ruhi-poklari bezovta bo‘lishini, sha’nlariga dog‘ tushishini aytishi, ma’rakalarni o‘tkazib bo‘lgandan keyin bu masalani sharoitga qarab bafurja hal qilish mumkinligini uqdirishi kerak.