O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish – bu pedagoglar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o’quvchilarni faol ishtirok etishidir. O’z-o’zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yig’ilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati muhim o’rin tutadi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an’analari – bu barqarorlashgan odat bo’lib, ularni jamoa a’zolari birdek qo’llab-quvvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari Shartli ravishda ikkiga bo’linadi:
1) Kundalik faoliyat an’analari;
2) Bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam) hamda mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi. Bayram an’analariga turli voqyea hodisalar bilan bog’liq sanalarni nishonlash, xususan, «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar kiradi. An’anaviy bayramlar o’quv muassasalarda turlicha o’tkaziladi. O’quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo’lsa ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
14- Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Reja. 1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 2.Tarbiya metodlari tasnifi. 3.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. 4.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq- atvor meyorlarini shakllantirish. 5.Pedagogik rag’batlantirish va xulq- atvorni tuzatish metodlari. 6.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha Maqsad, mazmun, Shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday Shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.