Dt Asosiy ishlab chiqarish (yoki boshqa tegishli xarajatlar hisobvaraqlari)
Kt Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishining hisobi
Nomoddiy aktivlar ma`lum muddat korxona faoliyatida foydalanib borish jarayonida ham ma`naviy, ham jismoniy eskirib boradi. Shu sababli,nomoddiy aktivlar ham turli usullar (sotilishi, yaroqsizligi, boshqa korxonalarga beg`araz berilishi va Ustav kapitaliga ulush sifatida qo`yilishi) orqali hisobdan chi-qariladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning sabablari:
to`liq eskirganda;
qisman eskirganda;
ortiqcha (sotiladigan) bo`lganda.
Nomoddiy aktivlar to`liq eskirishi (to`liq amortizatsiya hisoblanishi) sababli hisobdan chiqariladigan bo`lsa quyidagi buxgalteriya o`tkazmalari beri-ladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlang`ich qiymatiga:
Dt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va turli chiqimi
Kt Nomoddiy aktivlar (turlari bo`yicha)
b) nomoddiy aktivlarning yig`ilgan amortizatsiyasiga:
Dt Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisobi
Kt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va turli chiqimi
Ko`rinib turibdiki, nomoddiy aktivlarni chiqib ketishi "Boshqa aktiv-larning sotilishi va boshqa chiqib ketilishi" hisobvarag`ida aks ettiriladi. Ushbu hisobvarag`ining debetida chiqib ketayotgan aktivning boshlang`ich qiymati, hisob-dan chiqarish bilan bog`liq xarajatlar va aktivlar summasi bo`yicha QQS summasi ko`rsatilsa, uning kreditida esa chiqib ketayotgan aktivlarga hisoblangan eskirish summasi, shuningdek, aktivni sotishdan boshqacha chiqib ketishdan tushgan foyda ko`rsatiladi.
Nomoddiy aktivlar qisman eskirishi yoki keraksiz bo`lganda chiqib ketishini buxgalteriya yozuvlari quyidagi ko`rinishda rasmiylashtirilishi mum-kin:
a) nomoddiy aktivlarni sotishdan foyda olganda:
Dt Nomoddiy aktivlarning eskirishi
Dostları ilə paylaş: |