Dt Pul mablag`lari
Kt Nomoddiy aktivlar
Kt Qo`shilgan qiymat solig`i
Kt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va chiqib ketishidan foyda
b) nomoddiy aktivlarni sotishdan zarar ko`rganda:
Dt Nomoddiy aktivlarni eskirishi
Dt Pul mablag`lari
Dt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va chiqib ketishidan zarar
Kt Nomoddiy aktivlar
Kt Qo`shilgan qiymat solig`i
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo`yicha xarajatlarni hisobga olish.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ilmiy-tadqiqot ishlari (IТI) va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ТKI) buxgalteriya hisobining muhim ob`ektlaridan biri sifatida tan olingan. IТI va ТKI hisobiga bag`ish-langan maxsus 11 - «Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga qilingan xarajatlar» nomli Buxgalteriya hisobining milliy standartining mavjudligi bunga yorqin misoldir. U birlashmalar, korxona va firmalarda olib boriladigan IТI va ТKIning mohiyati; ular hisobining kontseptual asoslari va uslubiy jihatlarini belgilab beruvchi asosiy xujjatlaridan biridir.
Ilmiy-tadqiqot ishlari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standart-lariga muvofiq, yangi ilmiy yoki texnik bilim va g`oyalarni olish maqsadida bajarilgan yoki bajariladigan butunlay yangi va rejali izlanishlar tushuniladi. Bu turdagi izlanishlar muayyan maqsad yoki foydalanishga yo`naltiriladi. Ular xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan odatda, o`z imkonyatlari bilan yoki shart-nomaga asosan chetdan maxsus yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. IТI korxonaning alohida faoliyat turi bo`lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat o`z ichiga quyidagi ish turlarini oladi (9.2-chizma).
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlarda olib boriladigan IТIning aniq turlari odatda ularning biznes rejalarida, shuningdek, hisob siyosatida kengroq, batafsil yoritilishi lozim.
Тajriba-konstruktorlik ishlanmalari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, IТI va boshqa bilimlar natijalarini yangi yoki ancha yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, ti-zimlar yoki xizmatlarini ishlab chiqarishga yoki tijorat maqsadlarida foy-dalangunga qadar rejalashtirish yoki loyihalashtirib chiqish uchun qo`llanilishi tushuniladi. ТKI, odatda, ungacha olib borilgan IТIning bevosita davomidir. Shu bilan birga xo`jalik yurituvchi sub`ektning alohida faoliyati turi bo`lishi ham mumkin. Bu faoliyat maxsus konstruktorlik byurolari, ishchi guruhlar, no-vatorlar bo`limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
9.2- chizma. Korxonalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati yo`nalishlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq tajriba-konstruk-torlik faoliyati o`z ichiga oladigan yo`nalishlar quyidagi 9.3-chizmada keltirilgan
Yuqorida ko`rib o`tilgan korxonalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba konstruktiv ishlanmalari bilan bog`liq faoliyatlari ularning biznes rejalarida va hisob siyosatida atroflicha ko`rib chiqilishi va asoslanishi lozim.
Ma`lumki, ilmiy – tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlan-malariga sarflangan mablag`lar korxonaning boshqa sarf xarajatlarida o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va buxgalteriya hisobining milliy stan-dartlarida ular xarajatlar sifatida tan olinadi. Ularning o`ziga xos xususiyat-lari quyidagilardan iboratki,
Dostları ilə paylaş: |