Nordic international university



Yüklə 106,86 Kb.
tarix17.02.2023
ölçüsü106,86 Kb.
#84654
Tarbiya tizimida innovatsiyalar esse




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY
BOSHLANG`ICH TA`LIM YO’NALISHI
YOZISH VA TAQDIMOT QILISH FANIDAN



ESSE

Mavzu: Tarbiya tizimida innovatsiyalar


Bajardi: Anvarxojaeva Muslima


Qabul qildi: Toxir Shomurodov
TOSHKENT-2023
Tarbiya tizimida innovatsiyalar
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi.
Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq.
Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnlogiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Milliy o’quv dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi.
Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.
Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda.
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi.
Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o‘quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko‘lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
Yüklə 106,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin