Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bog`liq bo’lmagan daromadlariga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari va qo’llaniladigan soliq stavkalari



Yüklə 7,09 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü7,09 Kb.
#191202
2 5326000287331136886n

Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bog`liq bo’lmagan daromadlariga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari va qo’llaniladigan soliq stavkalari

Lutfullayev Nurislom

MMT-82

Norezident daromadi tarkibiga nimalar kiradi?

O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa sub’ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.

Norezident daromadi tarkibiga nimalar kirmaydi?

1) faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan hamda faqat O‘zbekiston Respublikasida tovar sotib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kirish bilan bog‘liq tashqi savdo operatsiyalaridan olingan daromadlar.

2) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar (SKning 351-modda ikkinchi qismda ko‘rsatilgan daromadlar mustansno).

Soliqni kim to‘laydi?

  • Soliq norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
  • Soliqning ushlab qolinishi soliq to‘lovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir to‘lovi paytida amalga oshiriladi.

Xalqaro shartnomani qanday qo‘llash mumkin?

Soliq agenti norezident tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda norezidentga daromad to‘lashda xalqaro shartnomalar qoidalarini mustaqil ravishda qo‘llash huquqiga ega:

- soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat (daromadni to‘lash sanasidan kechiktirmay);

- ushbu tashkilot bunday daromadlarni (dividendlar, foizlar, royalti) olish uchun tegishli huquqqa ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat.

Muhim! Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini va tegishli penya summasini byudjetga kiritishi shart.


Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olingan daromadlar turlari

Soliq stavkasi

dividendlar

10%

foizlar

10%

royalti

20%

mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (aksiyalar, ulushlar (paylar), ko‘chmas mulk va boshqalar)

20%

topshiriq shartnomasi va boshqa aynan o‘xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida sotiladigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar

20%

sug‘urta mukofotlari

20%

xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar

6%

xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlar

6%

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olingan daromadlar turlari

Soliq stavkasi

mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar

20%

transport-ekspeditorlik xizmatlari

20%

shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa to‘lovlar

20%

beg‘araz olingan mol-mulk, xizmatlar

20%

qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad

20%

serverga axborot joylashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida disk maydoni va (yoki) aloqa kanalini taqdim etishdan olingan daromadlar

20%

texnik xizmatlardan olingan daromadlar

20%

norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmatlar ko‘rsatishdan olingan boshqa daromadlar

20%

Soliq hisoboti qachon beriladi?

  • Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan o‘zi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi soliq organiga daromadlar to‘langan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Lutfullayev Nurislom

MMT-82


Yüklə 7,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin