Maxsus ta’limga muhtojlar. Har bir insonda mehr olish, e’tiborda bo’lish, himoyalanish, shaxsiylik, faoliyatlarni ruhlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning maxsus, shaxsiy ehtiyojlari bor. Xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi jihatlarga asoslangan holda nogironliklari oz bo’lsada o’xshash bo’lgan taqdirda ham ular bir-biridan farqlanadi. Masalan, ikkita nogironligi bir xil bo’lgan bolalarning biri ijobiy, ruhlantiruvchi muhitda yashashi mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko’ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin. Ularning ikkalasi ham nogiron bo’lsada, bu ularga bir xil yordam ko’rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi kerak. Buning muhimligi amaliyotda keng tan olingan.
Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayot ga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir. Ba’zi bolalar boshqalaridan ko’ra ko’proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotlarining ma’lum bir paytida yoki butun hayot lari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar, masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog’larida. Bu kabi maxsus, qo’shimcha yordam «Maxsus Ta’lim»ga borib taqaladi.24 Hozirgi paytgacha, «Maxsus Ta’lim» deganda faqat ko’zi ojizlar, qulog’i og’irlar yoki aqlan rivojlanishdan orqada qolganlar ta’limi tushunilar edi. Bunday cheklangan qarash oqibatida, kichik, boshqa ta’lim tizimlari bilan kam bog’liqda bo’lgan maktab tizimi tashkil etilgan edi. Umumiy maktab tizimi vakillarining «Bular bizning bolalarimiz emas. Ular Maxsus Ta’limga qarashli» degan gaplarini juda ko’p eshitganmiz.
Shu kabi masalalar bugungi kunda nogiron-guruhlarga asoslangan klassifikasini o’zgartirish va maxsus ta’limga muhtoj bolalar tushunchasini o’zgartirishga asos bo’lmoqda. Bu keng qamrovli tushuncha o’z ichiga og’ir nogironliklardan yengil qiyinchiliklarga bo’lgan narsalarni o’z ichiga oladi. U an’anaviy nogiron guruhlardan tashqari, o’zlashtirishda ko’proq umumiy muammolar, qaytarishlar va maktabni tashlab ketishlar, bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy va hissiy muammolari bor bo’lgan bolalar ham buning ichiga kirib ketadi