KEYS 2. Malohat, Xurshida, Nargiza o’zlashtirishda qiyinchiligi bor opa-singillar. Malohat, Xurshida, Nargiza ular opa-singillar. Ularning ota-onasi va yana bitta kenja singlisi Gulnoza bor. Gulnoza hali maktabga bormagan. Ota-onasi ham ishlaydi. 3 ta qizining o’zlashtirishda qiyinchiligi borligi uchun ota-onasi siqiladilar. Ular ham farzandlari oddiy bolalar qatori bo’lishini orzu qilishardi.
Malohat aqli zaif bolalar guruxiga kiradi. Uning yoshi 13 da. U aqli zaiflar internat maktabida 6-sinfda o’qiydi. Malohatning jismonan o’sishi yoshiga mos keladi, shunday bo’lsada uning harakatlanishi sekin va qo’pol. Uning ko’rishi va eshitishi shikastlanmagan.
Malohat o’zi ovqatlana oladi. Hech kimning yordamisiz yechinadi va kiyina oladi. U qiynaladigan narsalar, kichik tugmalar va zamoglar. U qovuq va ichaklar harakatini boshqara oladi. Lekin unga hojatxonaga borishni eslatish kerak.
Uning aqliy rivojlanishi ancha cheklangan. Diqqat e’tibor doirasi tor. Ba’zi bir oddiy ko’rsatmalarni tushunadi, lekin javob bera olmaydi. Doim darsda kulib o’tiradi. Oiladagilar unga uy yumushlarida qatnashishga ruxsat berishadi.
Xurshida o’zlashtirishda qiyinchiligi bor qiz. Xurshida 12 yoshda. U ham aqli zaiflar internat maktabida 5-sinfda o’qiydi. Xurshidaning jismonan o’sishi yoshiga mos keladi.U sinfni orqasidan ergashtirib yuradi va ularga yordam beradi. Ularga ovqatlanishda, xojatga borishda yordam beradi. Uning ko’rishi va eshitishi shikastlanmagan.30
Xurshida o’zi ovqatlana oladi. U hech qayerini iflos qilmaydi. Hech kimning yordamisiz yechinadi va kiyina oladi.
Uning aqliy rivojlanishi yaxshi. Diqqat – e’tibor doirasi 30 minut. Ba’zi bir oddiy ko’rsatmalarni tushunadi, doskadan ko’chirishni biladi, lekin o’zi mustaqil yozolmaydi. O’qishni ham bilmaydi. Uyda u televizor ko’rish va musiqa tinglashni yoqtiradi. Bu yil uni umumta’lim maktabiga qabul qilishmayapti. Chunki u o’qishni bilmaydi. Onasi uni Malohat opasiga qarab turish uchun internatda o’qishini xoxlaydi. U uy yumushlarini bemalol bajara oladi.31 3. Nargiza. O’zlashtirishda qiyinchiligi bor qiz. U 10 yoshda. U ham aqli zaiflar internat maktabida 3-sinfda o’qiydi. Xurshidaning jismonan o’sishi yoshiga mos keladi, shunday bo’lsada uning o’qish va yozishi umuman yaxshi emas. Ko’rish va eshitishi shikastlanmagan.
Nargiza o’zi ovqatlana oladi. U hech qayerini iflos qilmaydi. Xojatxonaga bemalol bora oladi.32 Uning aqliy rivojlanishi ancha cheklangan. Diqqat e’tibor doirasi tor, 10-15 daqiqa. Ba’zi bir oddiy ko’rsatmalarni tushunadi, lekin javob bera olmaydi. Ota-onasini yaxshi ko’radi lekin u, Malohat va Xurshidadan farqli o’laroq yotib o’qimaydigan internatda ta’lim oladi. U ertalab maktabga borib kechki payt qaytadi. Uyda u singlisi Gulnoza bilan o’ynaydi.