«BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO’G’RISIDA»GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
II bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari 23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari Har bir bola bilim olish hukukiga ega. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o’rta ta’lim, shuningdek o’rta maxsus kasb-hunar olishini kafolatlaydi.
III bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari. 24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo’lgan huquqi kafolatlari. Davlat bolaning oilada bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo’yicha zarur choralarni ko’radi.
Davlat nogiron bolalarni ham da jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam ko’rsatadi ham da ularni qo’llab-quvvatlaydi.
Ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan bola to’g’risida g’amxo’rlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo’lgan qarindoshlariga beriladi.
Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.
Oilada tarbiyalanishi mumkin bo’lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ularga zarur g’amxo’rlikni ham da qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari quyidagilardir:
Vasiylik va homiylikni belgilash;
Bolani farzandlikka olish;
Oilaga tarbiyaga olish (patronat);
Ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish.
Qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.