2 Bu o‘rinda Fitrat „Sovetlar hukumati“ni yoqlamoqchi emas, aksincha, turk tilining tashqi ta’sirlari asoratiga tushishi sovet davrida boshlanmadi demoqchi. Bunga qadar tilimiz arab va fors tillarining asoratida yashaganligi ma’lum.
11 Fe’l nisbati, orttitma nisbat nazarda tutilgan.
12 Holatni ifodalovchi fe’llar.
13 Fe’llarda ifodalanadigan davomiylik nazarda tutilgan. Masalan, o‘tgan zamon davom fe’li kabi.
14 Sabab fe’llari, ya’ni sabab hollari o‘rnida kelgan fe’l shakllari nazarda tutilgan.
15 Arab grammatikasida ayni shu nomli so‘z turkumi ostida nafaqat otlar, balki sifat, olmosh va sonlar ham nazarda tutiladi. Bu yerda „otlashgan“ so‘zlar, ya’ni ot o‘rnida kelgan fe’l shakllari nazarda tutilgan. Masalan, harakat nomi kabi.
16 Sifat o‘rnida kelib, uning ko‘shimchalarini qabul qishi nazarda nazarda tutilgan.
17 Negiz ma’nosi.
18 Morfologiya
19 Bu yerda yuqorida o‘rganganimiz kabi istisno holatlar nazarda tutilgan. Ayni shu nuqtayi nazardan ham turk tilining boyligi, tugalligi isbotlangan.
20 Eronda dastlab Ummaviylar istilosidan keyin, asosan arab tili rasmiy tilga aylangan edi. Shu davr nazarda tutilgan.
23 To‘la nomi, Abu Nasr Ismoil ibn Hammar al-Farobiy. X asr filolog olim. Bu yerda Fitrat ulug‘ tilshunos olimning „Toj al-lug‘at va sihhat al-arabiy“ asarini nazarda tutgan. Bu haqda qarang: Xayrullayev M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri ma’daniyati. T., „Fan“, 1994, 56-bet.
24 Ollohning yagonaligi haqida ta’limot.
25 „Ikki turk ulusi“ deganda usmonli (Turkiya) turklari va Ozarbayjon turklari nazarda tutiladi.
26 Bu o‘rinda Usmonli sultonligidagifors tilining nufuzi yuqori bo‘lib, saroy majlislari va ayrim nomalari ham forscha bitilishiga ishora. Bu haqda qarang: Abdurahmon Go‘zal. Devon she’riyati. Anqara,1989 (Turkiya turkchasida).
27 To‘mtoq.
28 Qo‘pol.
29 Yolg‘on, asossiz.
30 Dalil, hujjat.
31 So‘zni o‘qib bo‘lmadi
32Fransiya
33 Bo‘lgani holda
34 O‘chgan, so‘ngan.
35 So‘rovchi, tilanchi
36 Qilgan ishlari, qilguliklari.
37 Yaxshilik. Bu yerda: yaxshilik bilan.
38 O‘rin
39 Lo‘nda qilib yoki qog‘ozga o‘rab.
40 To‘ppa-to‘g‘risi, indallosi
41 O‘rnashmadi, ko‘nmadi. Bu yerda: tushmadi.
42 Bu va boshqa o‘rinlarda „F“ tovushi turkiy tillar uchun yot hisoblangani uchun „P“ tovushi bilan almashtirilib nashrga tayyorlangan. Biz aslidagidek „F“ shaklini saqladik.
43 To‘la nomi: „Lug‘ati chig‘atoyi va turkiy usmoniy“. Shayx Sulaymon Buxoriy (1820-1880) tomonidan tuzilgan.
44 „Lug‘ati Amir Navoiy“ nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. U O‘z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 9954 raqami bilan saqlanadi. Bundan tashqari, „Dar bayoni lug‘ati Navoiy“ – o‘sha yerda 3324 raqami bilan, „Xalli lug‘ati chig‘atoyi Xamsayi Navoiy“ –5197 raqami bilan, „Xalli lug‘ati Xamsayi Navoiy“–6803 raqami bilan saqlanadigan lug‘atlar ham bor.
45 „Muqadimat ul-adab“ („Adab ilmlari muqadimasi“) nomi bilan mashhur. Asar Alouddavla Abdulmuzaffar Otsiz (Xorazm shohi)ga bag‘ishlangan bo‘lib, 1137-yil Zamaxshariy tomonidan yozib tugallangan.
47 Zahriddin Abu Fazl Faryobiy (1156-1201). Eron manbalarida Nishopur yaqinidagi Faryobdan deb ko‘rsatiladi. Ozarbayjonda yashagan bu shoirni Fitrat „turkistonli“ deb ataydi.
48 Yovlashdi, qarshi chiqdi.
49 Turkiston jumhurriyati Xalq Maorifi Komissarligi o‘zbek maorifchilarining 1918-yil avgustda bo‘lib o‘tgan Birinchi qurulti nazarda tutilgan