O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3- „V“ kurs talabasi
NORMENGLIYEVA DILNOZA BAXTIYOR QIZIning
O‘qituvchining nutq madaniyati
fanidan
„ABDURAUF FITRATNING TIL HAQIDAGI KO‘Z QARASHLARI“
mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi: S. Djalilov
Tayyorladi: D. Normengliyeva
NUKUS-2023
ABDURAUF FITRATNING TIL HAQIDAGI KO‘Z QARASHLARI
Reja:
Kirish................................................................................
Asosiy qism:
1.
2.
3.
Xulosa.................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................
KIRISH
Fitrаt Buxоrо shаhridа tug‘ildi. Buxоrо mаktаb vа mаdrаsаlаridа o‘qib, so‘ng Turkiyadа Istаnbul univеrsitеtidа tаhsil оlаdi. O‘qishni tugаtib, 1914- yili Buxоrоgа qаytib kеlаdi. Shundаn so‘ng jаdidchilik hаrаkаtigа qo‘shilаdi.
Fitrаt 1923-24 yillаrdа Mоskvаdа Shаrq tillаri institutidа, 1927-yildаn bоshlаb Sаmаrqаnd pеdаkаdеmiyasi, Buxоrо vа Tоshkеnt o‘qituvchilаr instituti, O‘zbеkistоn Dаvlаt ilmiy-tаdqiqоt instituti, O‘zbеkistоn Mаdаniy qurilish ilmiy-tаdqiqоt instituti, Til vа аdаbiyot instituti, Fаnlаr kоmitеtidа ishlаdi. U o‘zbеk аlifbоsini lоtinlаshtirish jаrаyonidа yaqindаn ishtirоk etdi.
Fitrat XX asr o‘zbek madaniyati tarixidagi yorqin siymolardan biridir. Fitrat ‒ uning adabiy taxallusi. Fitrat so‘zining lug‘aviy ma’nosi Navoiy asarlari lug‘atida „tabiat, tug‘ma tabiat, yaratilish“ ma’nolari izohlangan.
Fitrat tilshunos sifatida tilning barcha bo‘limlari haqida o‘z munosabatlarini bayon etadi. U o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga, o‘zbek tilining turkiy tillar tizimidagi o‘rnini belgilab berishga harakat qiladi.
Adabiy tilning boyishida asosiy manba bo‘lib xizmat qiladigan xalq shevalariga diqqatni ko‘proq jalb qilish kerakligini alohida uqtiradi. Adabiy tilning shakllantirishda shahar shevalariga emas, balki qishloq shevalariga tayanish kerak ekanligini ta’kilaydilar. Bu haqda Fitrat „Sarf“ kitobida shunday yozadi: „Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydi, shuning uchun bizda shahar tili buzulg‘ondur. Тilimizning sof shaklini daladagi el-aymoqlarimimizda ko‘ra olamiz“. Bu bilan singarmonizmli shevalar o‘zbek adabiy tilining tayanch shevalari bo‘lishi kerak degan fikrni ilgari suradi. Fitratning o‘zbek tilining turli masalalariga bag‘ishlangan asari „O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba“ deb nomlanadi. Bu asar o‘zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisini izchil ravishda berilgan birinchi grammatikadir.
1.
Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir. Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili xud1 turkchadir. Tillarning baxtsizligi sovet hukumati chog‘inda bo‘lg‘an bir ishdir, bundan burun baxtli edilar deganlar tilimizni holini bilmasdan gapuralar2.
Bir tilning boyligi u tildag‘i so‘zning kublig‘i (kasrati kalimat)3, undirik kengligi (vusʼati ishtiqoq)4, yusup tugalligi (mukamalliyati qavoyid)5 bilan bulur. Turkchala so‘z ko‘bligi bormi, arabchilarimizcha aytganda, kasrati kalimat mavjudmi? Bu so‘z bukun emas, necha yuz yil burun orag‘a chiqmish deya Navoyining „Muhokamat ul-lug‘atayn“ kitobindan o‘z javobini olmish. Navoiyning kitobi turkchaning boyligini ochibgina bildira olmasa ham turkchada so‘z ko‘bligini u yaxshi biladir. Navoyi yolgiz „yig‘lamoq“ning turlarini ko‘rsaturgan turkcha so‘zlarning shunchasini yozadir: ingramak, singramak, ingichkirmak, yig‘lamoq, yig‘lamsinmoq, o‘kurmak, siqtamoq... Mana sizga bir hodisaning yetti turi uchun otkim, oralarinda ingichka ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz, murur, ubur; u to‘g‘rusinda o‘tmoq, kechmoq, oshmoq, ortmoq bor. Arabcha kand, azm, amal qarshusinda turkcha tilak, istov, o‘rxan bor. Arabcha zarf yoninda turkcha idish bor, sovut bor. Arabcha nafʼ, manfaat o‘rninda turkcha mosix bor, unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko‘ngul bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko‘ks va ko‘krak bor. Turkcha lug‘at yozmoqchi bo‘lganimda turkcha so‘z boyligi to‘g‘rusinda bundan ortiq yozolmayman.
So‘zni turkchada undirik kengligi (yaʼni, vusʼati ishtiqoq)g‘a ko‘chiraman. „Ilm“ ishining - bilimning turkchasidan undirilgan6 so‘zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilgusi, bilgay, bilsa, bilsachi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila boshladi, bilayozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib, bilgach, bilg‘ali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi, bilgili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmay, bilmagan, bilmay, bilimsiz, bilmas, bilmaslik.
Mana sizga yolg‘iz feʼllardan 13 feʼl, qo‘shma feʼllardan 6 feʼl. Qo‘shma feʼllardan har birining buyrug‘i, bo‘lishi7, xoli8, kelajagi9, sharti10, qo‘zg‘avi11 bor. 13 x 6 = 78 bo‘lur. Bunlarga uft12, vaqt13 va sababi14feʼllari qo‘shilsa, 81 ta bo‘lur. Bunga ism15 va sifat yozilgan16 qo‘shilganda 99 so‘z bulur. Bu 99 tasiga-da so‘z tolug‘i17 buyrukdir (yaʼni, bil so‘zi). Demak, turkchada bir tomirdan 98 so‘z undiring emish.
Emdi yusup tugalligiga (mukammaliyati qavoyida) boqaylik: arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan qay birining sarf18i kitoblarini olib qarasoq ko‘ramizkim, bir so‘zni yasamoq uchun bir qancha yozilgan, undan so‘ng shul koidadan tashqari qolg‘an (mustasno) so‘zlar deb to‘rt-besh so‘z ko‘rsatilgan19. Turk so‘zlarinda esa bunday hol topilmaydir. Yusupsizlik degan hollar (istisnolilik hollari) turkcha sarfda sira yo‘qdir. Tilimizning ayni to‘g‘risinda ham boylig‘i, tugalligi bilindimi?
Emdi so‘zni turkchaning baxtsizligina ko‘chiraman. Turk tili shuncha boyligi, shuncha tugalligi bilan baxtsizlikdan qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‘lanmishdir. Arablar bosdiqlari o‘lkaga yolg‘uz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‘sunlarini-da tanitgan, oldirgan edilar. Musulmonliklarning tubi, tomiri Qurʼon bilan Hadisdir. Shuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‘rganishni o‘zlariga vojib deb bildilar, o‘qidilar, o‘rgandilar, sevdilar. Bundan keyin forsi(y)cha va turkcha, arabcha bo‘g‘uviga kirib qoldilar. Fors tilining holi butunlay yomonlashdi. Forslar o‘z tillarini tashladilar: kitoblarini emas, o‘zaro yozuvlarini ham arabcha yoza boshladilar. Lekin, bu ish ko‘b cho‘zilmadi. Fors tili bir silkinish bilan o‘zini arab bo‘g‘uvidan qutqara oldi. Fors tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning chiqishi edi. Firdavsiy arabchiliqqa qarshu qaynag‘an, qizigan bir millatchi edi. O‘ttiz yil tirishdi, dong‘li „Shohnoma“ kitobini yozib chiqardi. „Shohnoma“ni yozib chiqarudan Firdavsiyning ikkita tilagi bor edi: Eron ulusini arabdan sovutib, eronli tuyg‘usini bermak va arab tilini Erondan surib chiqarmak. Shuning uchun „Shohnoma“ning har bir yerinda eronlini maqtag‘an shoir arablikka kelganda:
Zahir shutur xurdan susi mor,
Arabro ba joyi rasidast kor.
Ki taxti Kayonro ko‘nad orzu,
Tfu, bar tu, Charx gardun tfu!
deb qiyqirmishdir. Bu so‘zlarning turkchasi shudir: Tuya suti bilan ilon eti yemakdan boshqa ish bilmagan arabning ishi shu yerga chiqmishkim, Eron imperatorining taxtini istaydir. O, shu ishga sabab bo‘lgan falak, tfu senga, tfu! Yana shuning uchundirkim, Eronda arabcha hokim bo‘lg‘an bir zamonda20 yozilg‘an „Shohnoma“da arabcha so‘zlar yo‘q darajada ozdir. Firdavsiy bu iki tilakni bilib, onglab, ishga kirishganini bildirmakchi bo‘lib, yozadirkim:
Bas, ranj burdam solisi,
Ajam zinda kardam ba dini forsiy
demishdir. Turkchasi: „Bu o‘ttiz yil ichida ko‘p emkaydim 21, Eronni forsi(y)cha yozdig‘im shu kitob ila turg‘izdim“ demakdir. Forsi(y) ishdi shunday qilib yoqasini qutqarmish. Lekin, bizning baxtsiz turkchamiz bir Firdavsiyni yetishtira olmamish.
Dunyoning eng boy tili bo‘lgan turkchamiz yolg‘uz arabcha qumruqlar bilan emas, forsi (y)cha tepkilari bilan daxi22 ezilmishdir. Ko‘zlarimizni to‘rt ochib qaraylik, dunyoning eng buyuk hakimi bo‘lg‘an Ibn Sino turkdir. Ikinchi Arastu atalg‘an Forobiy turkdir. Arab tilini mangulik tirgizib kelgan Javhariy23 turkdir. „Vahdati vujud“ 24falsafasining imomlaridan bo‘lg‘an Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotining payg‘ambarlaridan bo‘lgan Nizomiy daxi turkdir. Shu yerlarda otlari yozilgan kimsalar-da yolg‘uz turk ulusini emas, butun dunyoning ulug‘ kishilarindan erurlar. Iki turk ulusi25 bunlarning asarlaridan osig‘lanolmay qolmish, balki o‘zlarini ham yaxshigina taniyolmay qolmishdir. Bunlar o‘z bitiklarini turkcha yozsalar edi, bukun turk ulusining holi ehtimolki, boshqa turli bo‘lur edi. Baxtsizlik bundan-da ortiq bo‘lurmikin?! Turk o‘g‘li turk bo‘lg‘an Mahmud G‘aznaviy Firdavsiyni chaqirib, turk ezilishini ko‘rsatgan „Shohnoma“ni yozdirsun-da, har yo‘liga bir oltun bersun. Shul baxtsizlikdirkim, turk o‘g‘li bo‘lgan usmonli xoqonlari o‘z tuyg‘ularini forsi(y)cha sheʼr bilan so‘ylatmishdir26. Yana shul baxtsizlikdirkim: Kafkaziya turklarining yoqalarin tutmish-da forsiy tilining hurmati uchun sakson yerinda hashtot dedirmishdir. Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir, lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir– yashar. Negakim boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin o‘zini arab, fors tillarindan qutqara olurmi, yo‘qmi? So‘zni bu yerga yetirgach, barmog‘imni yaraning o‘zagina bosmish bo‘ldim. Bu so‘rdigimga iki turli javob kelar, bilgilidir: ha, yo‘q. Emdi shu „yo‘q“ deganlar bilan yurishaylik. Bunlar deylarkim, turkcha arab, fors tillarindan qutulolmas! Nechun? Mana dalillari: chunki arab, fors tillari boydir. Buni javobini berdikkim, turkcha ham boydir. Chunki bukungi turk dunyosining bilimli ulug‘ yozuvchilari shu yo‘lga kirmishdir. Bunga javob beramizkim: turk dunyosining ulug‘ hakimlari bo‘lgan Forobiy bilan Abu Ali o‘z asarlarini arabcha yozarg‘a qo‘l qo‘yg‘an edilar. Siz nechun ularning ichidan chiqdingiz? Siz Abu Alining izidan chiqqanda, biz-da sizning izingizdan chiqa olsaq kerak. Chunki tilimizda ko‘b narsaning oti yo‘qdir. Javobimiz: bu so‘zdan tilagingiz nimadir, shul choqda tilingizdagi arab, fors so‘zlarining turkchasi topilmaydir, demakchi bo‘lsangiz so‘zingiz yanglishdir. Turkchani bilmas ekansiz. O‘rganing. Hozirgi so‘zlarimizdagi arabcha, forsi(y)chalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir, desangiz to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin o‘zimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz. Qoidaning turkchasi yo‘qdur. Sarfningda turkchasini topolmadik. Ikisin daxi olurmiz. Lekin, siz kabi qavoyidi sarfiya demasdan sarf qoidalari dermiz. Chunki ilmiy istilohlarning turkchasi yo‘qdir. Kim dedi buni? Shamsning turkchasi quyoshdir. Kavokibning turkchasi yulduzlardir. Manorning turkchasi olov, o‘tdir. Sahobi munavvar – yorug‘ bulut; handasa ‒ o‘lchov xat, chiziq, zoviya ‒ burchak, puchmoqdir. Kavokibi sobita ‒ turkuchi yulduzdir. Kavokibi zu zamb ‒ quyruqli yulduzdir. Tuzuk, bir necha istilohlarning turkchasini bu kungacha topolmaganmiz, ularni saqlarmiz. Chunki, turkchamiz qabodir27, daqqidir28, adabiyot tili emasdir.
So‘z bu yerga keldimi? Chidamoq qo‘ldan kelmas! Qaboliq, daqqiliq ko‘rsatmakchi bo‘lib deymizki: siz ulusingizni sevmaysiz. Shuning uchun turk ulusi va turk tilining siz bilan ishi yo‘qdur. Qarshingizdagi kishilar bu so‘zni eshitib o‘tirmaslar, qilarini qilarlar. Men ulusimni jonimdan ortiq sevaman derlar. Bunlarning mana shu so‘zlari qumuchdir 29. Tushingizda siz bir xotunni sevgansiz, tirishib, jon chekishib, kuch bilan uyiga kiribsiz, yoniga suqulgandan keyin yuziga qarab: „Men sizni ko‘b sevaman, siz ko‘b chiroyliksiz, lekin shu ko‘zingiz ko‘b daqqidir, shuni chiqarib tashlang. Burning yomon is beradir, shuni kesib oting“, desangiz sevgilingiz bo‘lg‘an xotun iki-uch tayoq urub, sizni quvmasmi? Albatta, quvar. Turk ulusini sevamiz, lekin tili qabodir, musiqasi totsizdir, tarixi qorong‘udir deganlarning ham bir-iki tayoq yeb quvilmoqlari kerakdir. Lekin turk tili baxtsizdir.
2.
Tilimizning boyligi to‘g‘rusida „Ishtirokiyun“ning bilmam qaysi sonida bir maqola yozgan edim. Bunda tilimizning boyligi, tugalligi, kengligi to‘g‘rusindagi tonuk30larimni ko‘rsatkandan keyin tilimizga kirib qolgan arabcha, forsi(y)cha so‘zlar va istiloh(lar)ni chiqarmoq teyishlikni so‘ylag‘an edim. Bu tushunchaga qarshu bo‘lgan kishilar ham, albatta, bordirlar. Biroq bundarning qarshuliqlari o‘zig‘a g‘azab-la singdirgan tushunchalarining bizga qarshulug‘ini shu yerda yozib qaytarmoqdan burun o‘z tushunchalarimizni ochiq qilib qatorlab yozayin:
a) men turk tilining asir tushgani va bo‘yla tutqun holini o‘rganganimdan ...31 turkchaning boyligi, kentligi, tulug‘ligi uchundir;
b) men turk ulusiga o‘z boshli (mustaqil) bir til va shu tilda yozilgan „ilm“ istayman. Turkchaning boyligi, kengligi va to‘lg‘unligini bilganim uchun bu ishni qulay deb ishonaman;
j) tilimizning o‘z boyligi (mustaqil) bo‘lib turushi uchun gaplarga va yozuvlarimiz aro kirib qolgan yot so‘zlarning o‘zbekchalarini ilkimizdan kelgancha oxtarib topib ishlay(l)ik. Tilimizdagi yozilgan „bilim“ni ko‘rmak uchun „ilmiy istilohlar“ dedigimiz „bilim so‘zlari“ning ham ilkimizdan kelgancha turkchalarini topib olmoq yo‘linda tirishmakni har bir turk yozuvchisi uchun „vojib“ deb bilaman:
d) turkchasi topilmagan so‘zlar va istilohlar bor esa, unlarni chiqarib tashlab, o‘runlarini bo‘sh qo‘yayliq demayman. Turkchasi topilmagan so‘zlar va istilohlar qolsun, birok turkchaning buyrug‘i ostinda kirib qolsun; boshqacha turli aytkanda, Fransa32da yashagan bir turk kabi bulundig‘i33 turkchaning qonunlariga buyunsunib yashasun; turkchada turgan bir fransuzdek „kapitulatsion“ asrori ostida turmasun.
Mana menim o‘ylarim... ochiq ko‘ruladirkim: men o‘z istaklari bo‘yicha emas, muntafiy34 bir tushunchaning qisuvi bilan bu yo‘lga kirganman. Turk ulusiga o‘z boshli (mustaqil) bir til kerak. Turkchaning o‘z boshli (mustaqil) bo‘luvi uchun yot so‘zlardan qutulish teyish. O‘z tushunchalarimizni shu yo‘lda ochib ko‘rsatkandan keyin bunga qarshu bo‘lgan o‘ylarni ham ko‘rib o‘tmak kerak. Burunroq shuni aytaykim: bu kun g‘azab-la to‘ldurg‘usi ishlarimizni eng ulut va eng soyillig‘35lardan biri ul til istamaymiz.
Deylarkim: bizga qarshu turgan olimlarimiz o‘z qilag‘onlaridan36 o‘zga bilurmadilar. Biz masʼalaning u tushunchalarini mutlaq bir yo‘sunda ko‘rib osug‘lanolmaymiz, unlardan bizga erishkan so‘zlar ko‘chada til uchun o‘ylanmagan o‘tirishlarda aytilib o‘tkan so‘zlardir.
Bunlarning so‘zlarini tinglaymiz:
1) biz turkchani odmi bir tilda yozarg‘a tirishamiz, shuning uchun turkchadan odmi so‘zlarni chiqarmasg‘a teyish;
2) turkchaga kirib qolg‘an arabcha, forsi (y)chaning turkchalari yo‘qdur;
3) ilmiy istilohlarning turkchalari yo‘dur;
4) ilmiy istilohlarni turklashdirmak uchun tirishmak vaqtimizni bo‘shg‘a o‘tkargan bo‘larmiz;
5) chig‘atoy tilida bilim o‘qumoqchi esak, iki yuz yil kutib turaylik:
6) arabcha ilmiy-adabiy bir tildir: arabcha ilmiy istilohlarni o‘zgartmak to‘g‘ri emas, biz bilim bitiklarimiz (ilmiy kitoblarimiz)dan ilmiy so‘zlarni chiqarib, arobachilar so‘zini kirguza olmaymiz (shul so‘ng so‘zni saboq berib turdig‘im bir maktabning o‘qutuchilari o‘rtasidan bir kishi aytkan edi).
Mana bizga qarshu aytilgan „gap“lar. Bunlarga ayri-ayri javoblarimni bermakdan burun shuni aytaykim: shu so‘zlarning hammasindan ko‘runaturgan narsa – o‘zimizni suymaslik, o‘zimizga ishonmasliq, o‘zimizning borlig‘imizni onglay olmaslikdan boshqa narsa emasdir. So‘zlarning o‘zagi, holi shudir: „qila olmaymiz“, „bizniki yaramaydir“. To‘g‘risini aytkanda, o‘ziga shunday hur boqg‘an bir el, o‘ziga shuncha ishonmag‘an bir ulusning kurash maydoni bo‘lgan tiriklik ochuninda tizlanmakiga, yiqilmay tururiga men ham ishona olmayman!
„Biz qila olmay ekanmiz“... - Nechun?!
„O‘zligi yaralmay ekan“... - Nechun?!
Yuksalish yo‘liga kirgan qaysi bir el shunday ishonchsizlik bilan ishga kirishadi?! Shunday ishonchsizlik bilan ishga kirishgan bir el yuksaladimi? Shul so‘rog‘larg‘a javob istarmiz ... ... ... Emdi bizga qarshu yurg‘anlar(ning) so‘zlariga silay-la37 javob beraylik.
Deylarkim: turkchadan adabiy so‘zlarni chiqarmasg‘a teyish. Buni biz ham qabul qilamiz. Adabiy so‘zlarni turkchadan chiqaringiz demaymiz. Bizning tilagimiz adabiy so‘zlarni emas, arabiy so‘zlarni chiqarmoqdir. Onglashiladirkim, bizga qarshu turgan og‘alar „arabiy“ bilan „adabiy“ni ayirmasdan gapuralar. Bularning aytkanicha, turkchamizda kirib qolgan yot so‘zlar adabiy, ularni chiqarsok tilimiz adabiylikdan chiqar. Mana shu so‘zlar o‘zimizni sevmaslik emasmi? O‘zimizg‘a xo‘r boqmoq emasmi? O‘zimizga ishonmaslik emasmi?
Yer yuzida bizdan boshqa urug‘ yo‘qmi? Qaysi bir urug o‘z tilini „adabiy“ qilmoq uchun yot tillardan tilamchilik qiladi? „Adabiy“ degan so‘z, torroq bir maʼnoda aytkanda, tilning qoidalaridan chiqmay yozilg‘an onglashurlik so‘zdir. Arabcha va forsi(y)chaning bu o‘rtadoshlari yo‘qdir. Deylarkim: tilimizdagi yot so‘zlar bilan „ilmiy istiloh“larning turkchalari yo‘qdir. Buning javobi ko‘bdan berildi. Yot so‘zlar va ilmiy istilohlarning turkchalarini tirishsak toparmiz, topa olmaganlarimizni turkcha buyrug‘ina yozdira olarmiz. Siz tilimizdagi yot so‘zlar, ilmiy istilohlarni o‘zgartmak teyishlig‘ini qabul eting, unlarning turkchalari so‘ngra topilar. Yo‘q, siz bu yo‘lda tirishmasangiz, amringiz boshqa yo‘l ekan. Buni men bajaraman! Menim tushuncham shudir: turk ulusining ilmiy, ijtimoiy ko‘b dardlari, ko‘b yuksak o‘rinlari bordir. Shul dardlarni bilmamak, shul yuksak turumlar38ni to‘ldirmoq qamug‘larimizga teyishdir. Bir yo‘lga tushkan kimsaning torrokday amri bo‘shg‘a o‘tkan bo‘lmaydir.
Deylarkim: chig‘atoycha bilim o‘qumoqchi esak, iki yuz yil kutaylik. „Yetti kunda butun nomlarni chig‘atoychada yozib, „lablunday“39 qilib qo‘lingizg‘a topshuraman“ degan kim?! Biz-da bilamiz, bu ish qulay emasdir, ko‘b vaqt istar. Shuning uchundirkim: hozirdan ishka kirishkali oshuquyu turamiz. Biz arobachilar tili bilan bilim o‘qiyolmas ekanbiz. So‘zmi bu?! Bu qora ishlarning «xuyon hu”40lariga o‘xshatib, ilmiy, adabiy tarixiga qaramoq yaxshi bo‘lmas edimi?! Hikmat, handasa bilimlari arablarga ko‘kdan inmadi41. Unlar bu ilmlarni yunonlilardan oldilar; arablarda bu bilimlar yo‘q chog‘da ilmiy istilohlar ham yo‘q edi. Biroq shu „istilohi ilmiyya“ deb olgan so‘zlarning o‘zi bor edi.
Aytakim: hayot bilimi yo‘q ekan, hisob, „h“ degan istilo yo‘q bo‘lsa, hisob bilan „h“ so‘zi bor edi. Arabning shoiri, boyi, arobachisi, tuyachisi–barisi bulutni sahob bildirguchi narsani madi der edi. Arabda handasa ilmi yo‘q ekan, zoviton, doxlton degan istiloh bo‘lmasa, ilmi arabiyning mullasindan tortib avliyosigacha hammasi puchmoqni zoviya, ichkarini doxil der edi.
Nasroniy hayot madrasasinda quyoshga shams deganlari kabi tuyachilar uyushmasinda ham shams derlar. Arablar yunon bilimlarini o‘z tillariga aylantirgach, shul tuyachilar so‘zlarini olib „ilmiy istiloh“ qildilar. Biz nechun shunday qilmay ekanbiz?! Turk so‘zini arobachilar so‘zi deb tashlagandan so‘ng arab tuyachilaridan olgan istilohlarni qabul etaylik. – So‘zmi bu?!
3.TILIMIZNING ADABIYLIGi...
(1921 yil Til va imlo qurultoyida so‘zlangan nutq)
Sharq adabiyotining hashamatli, rangli bir tarixi bor. Bu dabdabali tarixning oldidan o‘tkanda bu kungi Ovrupa adabiyoti ham shapkasini olib salom berib o‘tadir. Shunga o‘zini majbur kabi ko‘radir.
Sharq tarixi adabiyasi butun dunyo adabiyoti orasida singirsiz, misli yo‘q bir bog‘chadir. Bu go‘zal bog‘chadagi gullarni saralab ko‘rmakchi bo‘lsak, birinchi sirada, qatorda arab ham eron gullarini, ikinchi sirada esa, urdu ham turk chechaklarini ko‘ramiz. Sharq tarixi adabiyasida birinchilik arab-eron adabiyotiga, ikinchilik esa urdu va turk adabiyotiga berilgandir.
Sharq tarixi adabiyasida o‘rin tutkon turk adabiyotining eng muhimi, eng ko‘bi, eng qimmatlisi chig‘atoy shevasindagi adabiyotdir. Chig‘atoy tarixi adabiyasi xalk adabiyotigagina bog‘lanib qolmag‘an. Unda yuksak, oliy sanʼatkor adabiyot bor. Chig‘atoy tarixi adabiyasida Boyqaro, Navoyi, Lutfiy, Umarxon, Fazliy42 kabi sanʼat dunyosida mo‘jiza ko‘rsatib to‘fonlar qilg‘an qahramonlarg‘a ko‘b uchraymiz. So‘zning qisqasi, chig‘atoy adabiyoti turli shevali turk adabiyoti orasinda eng yuksak, eng muhim o‘rinni tutgandir. Boshqa shevadagi turk adabiyoti bunga o‘xshashliklar, buning shogirdliklari bilan maxtanib yuradir.
Adabiyot bezangan, ziynatlangan bir shakldir. Chig‘atoy adabiyoti turk adabiyoti orasida yuksak, yuqori, oliy bo‘lgandan keyin chig‘atoy tilining ham turk tillari orasida yuksak, yukori, oliy o‘lg‘anlig‘ini qabul etmak mutlaqo lozimdir. Bezanib, ziynatlanib chiqg‘andan so‘ng yuqori darajaga chiroylik ko‘rungan bir qizning aslan chiroylik buluvi lozimdir. Asli chiroyliq bo‘lmag‘an bir qiz bezanmak bilan yuqori darajada chiroyliq ko‘rinmas. Menim bu daʼvom yolkuzgina mantiqiy bir daʼvo bo‘lsa edi. Lekin menim bu daʼvom mantiqiy bir muhokamadangina iborat bo‘lub qolmaydir. Buning boshqa tonuqlari, shohidlari bordir.
Chig‘atoycha sarf bilan totor sarflarini saralab qaraganda chig‘atoychaning sarfda, yaʼni ishtiqoqda boyligini ko‘ramiz. Tilimizning so‘zda boyligini ko‘rsatmak uchun eskidan beri vujudga chiqarilgan „Muhokamat ul-lug‘atayn“, „Lugati Chig‘atoy“43, „Lug‘ati Navoyi“44, „Lugati Xorazmshohiy“45kabi milliy xazinalarimiz bor. Bulardan boshqa turk tili, adabiyoti to‘g‘risida yozilgan asarlarning har birini o‘qug‘anda „chig‘atoy adabiyoti–turk adabiyotining onasi, bobosidir“ degan so‘zlarg‘a uchramoq mumkindir.
Adabiyotimizning turk adabiyotlari orasida eng yuqori o‘rinda turganidan tilimizning turk tillari orasida yukori bir mavqeʼ tutganini chiqarg‘an kabi bo‘ldim. Bundan ikinchi bir masʼala tug‘uladir: adabiyotimiz arab, fors adabiyotiga qarag‘anda ikinchi sirada ekan, tilimiz arab, fors tillarig‘a qarag‘anda ikinchi siradami qolur? Bunga javob beramiz: „Yo‘q! Tilimizdagi so‘z boyligi, ishtiqoq kengligi, qoida tugallig‘i, sarf-nahv ingichlari“46 boshqa sharq tillaridan qolishmas, bu to‘g‘rularida fors tilini butunlay keyinga qoldiradir. Ish shunday ekan, adabiyotimizning keyinga qolishiga sabab shoirlar va yozguchilarimizning onglashilmas holati ruhiyalaridir. Yozuvchilar o‘z asarlarini butunlay arabcha yozganlar. Turkiston turklaridan Abu Ali Sino butun asarlarini arabcha yozgan ekan, umrida birgina sheʼr aytkan, u ham bo‘lsa eroncha. Fors adabiyotida mo‘jizalar ko‘rsatkan bir shoir Zaxiriddin Foryobiy47dir. Turkistonlidir.
Sizga yana bir shoir ko‘rsatayin: bu kishi sharqning birinchi shoiridir ham birinchi olimi, birinchi faylasufidir. O‘zi turkistonli. Ota-bobosi Hindustonga borib qolgan bu shoir shunda tug‘ulib, shunda yashag‘an. Hindustonda yashagan bir turkistonli bo‘lg‘ani uchun o‘z asarlarining turkcha yo urducha yozilishi mantiqiy emasmi? Bu odam turkchada, urduchada yozmag‘an, tutqunda eroncha yozgan bu kishi mashhur Mirzo Abdulqodir Bedildir.
Tilimiz sharq tillarining birinchisi ekan, adabiyotimizning ikinchisi bo‘lishiga sabab shu hollardir. Tilning bu o‘rtada gunohi yo‘q. Bu holning bir dard hamda bitirguchi, o‘ldurguchi bir dard bo‘lg‘anini ilgarirak onglagan Navoyidir. Navoyi turk shoirlarining forsi(y)cha yozishlariga ochikdan ochiq yog‘iqdi48, isyon etdi. Chig‘atoychaning adabiy ham boy ekanini bildirmak uchun o‘zining „Muhokamat ul-lug‘atayn“ degan asarini yozib chiqardi. Navoyi zamoni chig‘atoy adabiyotining, chig‘atoy tilining eng ko‘b yuksalgan, yuqori bosgan zamoni bo‘lib qoldi. Esizdirkim, adabiyotimizning tarixida ikinchi bir Navoyiga uchramadik. Navoyi asridan keyin adabiyotimiz yana eski holiga qayta boshladi. Yana arabchilik, yana forsi(y)chilik til va adabiyotimizni bug‘di. Forsi(y)chilik va arabchilik yuklari ostida ezilgan til va adabiyotimiz Xo‘qanddagi Umarxon davri adabiyasigacha kasal, oqsoq bir suvratda davom etdi. Yonib bitayozgan chirog‘ eng so‘ng davomida yalt etib birdan ko‘tariladir-da, so‘ngra o‘chib qoladir. Bizning til va adabiyotimiz ham Umarxon zamonida yalt etib bir ko‘tarilgach, o‘chib qoldi. Undan keyin maydonga kelgan shoirlarimiz ham ularning asarlari adabiyotga yangi bir ruh bergudek bir kuchli bo‘la olmadilar.
Shuni-da aytib o‘tayin: tarixi adabiyasida „xalqqa to‘g‘ri“ degan bir fikrni yana Navoyi davri adabiyasida ko‘ramiz. Bu paytning eng birinchi shoiri bo‘lgan Lutfiy butunlay ochik va onglarlik bir tilda yozgan. Navoyi har bir asarni turk xalqini foydalantirmak, turk xalqig‘a ruhiy ozuq bermak tilagi bilan yozg‘anin so‘ylar. Umarxon davri adabiyasi esa saroy adabiyotidangina iborat bo‘lgan, xalq bilan tuzukrak munosabat yasay olmagandir.
Yana bir oz vaqt bersangiz, tilimizning boshiga kelganlarni ham arz etib o‘tayin: mana shunday bo‘lub Umarxon davri adabiyasidan keyin adabiyotimizning janozasi o‘qulgach, tilimiz g‘arib qoldi, til qoidalarini bilg‘anlar qo‘lga tushdi...
Mana shu paytlarda edikim, fikrimiz uygona boshladi. Boshqa turk ellari tomonidan chiqarilg‘an gazetlar va kitoblarni o‘qudik. Usuli jadid maktablari ham ochdik. Ilgarirak bosub gazet ham chiqardik. Maktab uchun, gazet uchun tilimiz kerak bo‘lub qoldi. Unga yangidan qayg‘ura boshladik, tushuna boshladik. Bu ishlarni qilganlar ‒ bizning ochiq fikrlilarimiz, ziyolilarimiz edilar. Bunlarning sonlari oz, ishlari ko‘b edi. Muallimimiz, murshidimiz, muharririmiz, adibimiz, shoirimiz, siyosiyimiz, faylasufimiz hammamiz shunlar edilar. Bunlar shuncha ishlari bilan birga til va adabiyotimizni chuqurroq, teranroq tekshira olmadilar. Tilimizni tushunar ekan, „kep qopsiz“ kabi buzuq so‘zlar, yozuvimizni oxtarar ekan, haligi madrasa maktublariga uchradilar. Bunlar albatta, yovuq edi, yaramas edi.
Holbuki, bir yokdan tili oz-ko‘b tuzalgan totor gazetlari ham yozilgan kitoblari tura(r) edi. Mana shunday kulunch bir holda qolgan burungi ziyolilarmiz: „tilimiz ilmiy, adabiy bir til emas ekan“ degan kulunch bir qarashg‘a ham keldilar. Mana shuning bilan maktablarimiz, yozuvlarimiz usmonlicha taʼsiri ostida qoldilar. Matbuotimizga bir oz totorcha ham qatnashib qoldi. Toshkentda ochilgan kurslarda ona tili saboqlari uchun berilgan soatlarning ko‘bragi usmonlichaga berildi. Samarqandda ochilgan birinchi muallimlar kursinda esa, ona tili degan narsa kiritilmadi. 18 inchi yildagi Maorif sho‘rosining bir majlisida49 ham o‘tkan yildagi muallimlarning qurultoyida shunday bir qaror berilgan edi: „Maktablarimizning ibtidoyi uch yilida ona tili – o‘zbekcha o‘qitilsin, ondan so‘ng adabiy umumiy turk tili o‘qitilsin!“ Bunlarning adabiy umumiy turk tili deganlari arabcha qatnashgan usmonlicha edi. Tilning adabiyligi uchun „arabiyligi shart“ gapi qabul qilindi. Men shunday kishilarni taniymanki, „yozuvimizni nega arabcha bilan to‘ldurasiz“ deganimda, „arabiy bo‘lgani yaxshi emasmi?“ - deganlar. Kurslarga o‘zbekcha saboqlari uchun kirgan muallimlarimiz usmonli turklaridan Shayx Vasfiyning arabchadan ko‘tarilgan „Qavoyidi lisoni usmoniy“sindan izofai lamiya, izofai bayoniya, izofai tashbehiyadan bahs qilar edilar. Mana shu ishlarning hammasi tilimizni tahqir etish, tilimizga hurmatsizlik ko‘rsatish edi. Bunlarning hammasi til, adabiyotimizni yaxshig‘ina tanimaslikdan kelgan edi. Mana shunlarning hammasiga yog‘iqmoq, isyon etmak, shunlarning hammasi bilan kurashmak uchun yosh va yigit bir kuch 18 inchi yilda maydonga keldi.
Bu „Chig‘atoy gurungi“ edi. „Chig‘atoy gurungi“ atrofiga to‘plangan kishilarning ilgari surgan fikrlari shunday edi:
‒ tilimizning tugal, yuksak, sanʼatkor bir adabiyoti bor. Tilimizning adabiyligi arabiylikda emas, uzidadir. Shuni tirgizmak kerak;
‒adabiyotimizni yuksaltmak uchun burungi sanʼatkor shoirlarimizning o‘lmag‘an va o‘lmas narsalarindan foydalanmoq ham taraqqiy qilg‘an uluslar tomonidan oraga solingan umumiy asoslarga erishmak kerakdir;
‒tilimizning qoidalarini totorcha yoxud usmonlicha qoida kitoblaridan emas, tilimizning o‘zidan olmoq kerak. Shuning uchun xalq og‘zida yurgan so‘zlarni, xalq adabiyoti bo‘lgan ertaklar, maqollar, laparlarni yig‘ib tekshirmak lozim;
‒adabiyot yozuchiliq bo‘lg‘ani uchun yozu(v) qoidalarini, imloni ham tuzatmak kerak. Mana shu besh asos, chiziq imlodan shul majlisda gapurishib o‘tdik. Tilimizning qoidalarini tuzmak, eski adabiyotimizdan foydalanmoq uchun ulug‘ adiblarimizni yig‘moq, xalq adabiyotimizni ham xalq so‘zlarini to‘plamoq kerak. Bu moddiy vositalarga muhtoj bo‘lg‘an „Chig‘atoy gurungi“ emas, tilimizdir. Mana qurultoyimiz shu to‘g‘rularda bir qarorga kelsun.
Dostları ilə paylaş: |