Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro ta’siri
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’iga shartli tormozlovchi ta’sir etganda dastavval shu analizator markazi tormozlanadi, so’ngra tormozlanish qo’shni neyronlarga tarqaladi. Tormozlanish jarayoni bolalarning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega. Bosh miya neyronlarining ketma-ket uyg’un faoliyati qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining almashinishi natijasida amalga oshadi.
Bolalarda tozmozlanish reflekslari asta-sekin hosil bo’lishi bilan birga jarayon mashq qilina boradi, binobarin, nerv jarayonlari uyg’un kechadi.
Chaqaloqlarning miya yarim sharlari po’stlog’ida barcha yoshdagi bolalar-dagiga nisbatan tormozlanish tez va keng yoyiladi. Shuning uchun ham chaqaloq-lar kunduzi ham uxlaydi. 4-6 yoshdan boshlab ichki shartli tormozlanish rivoj-lana boshlaydi. Bu yoshda katta miya yarim sharlari po’stlog’ining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi.
Bolalarda shartsiz tormozlanish tevarak-atrofdagi ta’sirot va ichki organlardan keladigan nerv impulslari ta’sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to’lishi yuzaga keltirilgan shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta’sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan shartli refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga (bola qancha yosh bo’lsa, shartli refleks shuncha tez tormozlanadi) bog’liq bo’ladi.
O’ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so’nish tezligi bolaning yoshiga, sog’lig’iga, oliy nerv faoliyatining tipi hamda hosil bo’lgan shartli refleksning turi, hamda mustahkamligiga bog’liq, 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli
reflekslarga qaraganda tez so’nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo’lgan shartli refleksni so’ndirish qorni och bolalarda qorni to’q bolalardagiga nisbatan qiyinroq bo’ladi.
Sog’lom bolalarda shartli tormozlanish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, diferensiyalashgan, shartli refleks 2-6 martalab mustahkamlanganda vujudga keladi. So’ngan shartli tormozlanish vaqt o’tishi bilan yana asli holiga keladi. Shartli tormozlanishdan so’ng ketma-ket tormozlanish rivojlanadi. Ba’zi hollarda shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so’ng, qo’zg’alish yana rivojlanadi.
Bolalarda befarq ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishni hosil qilishi mumkin. Ular ham uzoq saqlanishi va so’nishi, asli holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish bolalarni o’qitishda, odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |