Reja: Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi



Yüklə 19,81 Kb.
səhifə1/3
tarix15.07.2023
ölçüsü19,81 Kb.
#136651
  1   2   3
TIJORAT BANKINING TASHKILIY TARKIBIY TUZILISHI


TIJORAT BANKINING TASHKILIY TARKIBIY TUZILISHI.
Reja:
1. Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.
2. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari.

Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas.
Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin.

Yüklə 19,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin