Elektronga moyillik energiyasi(E). Elektronga moyillik energiyasi deb, atomga bitta elektron biriktirganda ajraladigan energiyaga aytiladi (birligi eV). Elektronga moyillik energiyasining qiymati ionlanish energiyasiga o‘xshash o‘zgaradi. Odatda atom elektron biriktirsa anion holatiga o‘tadi. Bunday xossa metallmaslarga tegishli. Metallmaslarda eng yuqori elektronga moyillik energiyasi qiymati nodir gazlarda kuzatiladi. Ularning orasida bo‘lsa geliyning elektronga moyillik energiyasi eng yuqoridir.