Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notariusning javobgarligi



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə16/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Документ DOCX

19-modda. Notariusning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o‘z majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo‘lmaydi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini sug‘urta qilish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shart.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi xavfi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta obyektidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sug‘urta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasidir.
(191-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas:
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning ma’muriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan;
boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan.
(191-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin