2210-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida:
notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
notarial amaliyotni umumlashtiradi;
malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi;
Notarial palata bilan birgalikda notarius stajorining faoliyatini tashkil etadi;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning reyestrini yuritadi;
notarial idoralarni qat’iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi;
o‘z faoliyatini tugatgan notarius muhrini yo‘q qilish va hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(2210-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) (42 va 43-boblar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)