11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat tili bo‘lib o‘zbek tili hisoblanadi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 6-bandi. 12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari Oldingi tahrirga qarang. Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega bo‘ladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.
Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. (13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang.