NSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING ISHONCHLI HIMOYASI KAFOLATLANADI
NSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING ISHONCHLI HIMOYASI KAFOLATLANADI
02.03.2017
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” parlament quyi palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi boʻyicha izohlar. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan mutasaddi idora va vazirliklar bilan hamkorlikda davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-4850-son Farmoni (bundan buyon - Farmon) ijrosi doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasi kafolatlarini ta’minlash borasida qoʻshimcha choralar qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasiga asosan amaldagi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik–protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda «Sudlar toʻgʻrisida»gi va «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi taklif etilayotgan boʻlib, unda:
jinoiy jazolar tizimiga “majburiy jamoat ishlari”ni joriy etish hamda “qamoq” tariqasidagi jinoiy jazo turini toʻliq bekor qilish;
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaхslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatga qisqartirish;
qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek dastlabki tergovning eng koʻp muddatini 1 yildan 7 oyga qisqartirish;
pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish;
sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot chorasini qoʻllash huquqini berish;
tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish meхanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish;
fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatini 3 yildan 1 yilga qisqartirish;
viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlarini bekor qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi hamda Prezidiumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish nazarda tutilgan.