[OKOZ: 1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI UMUMIY QISM [OKOZ: 1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
BIRINChI BO‘LIM
ASOSIY QOIDALAR 1-bob. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNChILIGI 1-modda. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
2-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir.
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim.
3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud bo‘yicha amal qilishi Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qat’i nazar, basharti O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi.