Mavzu:Alisher Navoiy ijodida nutq madanyati va notiqlik san'ati masalalari.
Fakultet:O`zbek tili va adabiyoti.
Bosqich:5-bosqich.
Fan:Ona tilini ôqitish metodikasi
Talaba:Maratova Muhayyo
REJA
Navoiy ijodida nutq madaniyati masalalari
Mutafakkir asarlida nutq madaniyati xususida.
“Muhokamat ul-lug’atayn” asarida til va tafakkur masalalari.
O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o`zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar yaratdi. Navoiyning sa`y-harakatlari tufayli XV asrda o`zbek tili olamga dong’i ketadigan adabiy asarlar yaratishga qodir til ekanligini isbotladi.

Navoiy o`z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi. “Mahbub ul-qulub” asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa, “Muhokamat ul lug’atayn” asarida o`zbek adabiy tilining boyligini e`tirof etdi. Nainki e`tirof etdi, balki tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta`kidladi. So`zning tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi. Agar nutq bo`lmas ekan, tilning, so`zning cheksiz imkoniyatlari ruyobga chiqib chiqmay qolaveradi. “Majolisun-nafois” da so`zning voizlari hayotida tutgan o`rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. “Nazmul javohir” asarida esa so`z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o`tiladi. Tarixdan ma`lumki, Navoiyning o`zi ham mohir notiq bo`lgan va shirin kalomi, o`tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o`z asarlarida ham xaloyiqqa naf`i tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin-zabon so`zlar so`zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo`llarini o`rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan.

So`zlashning ham me`yorlari bor. “Boisi g’aflat ko`p so`z”- ko`p gapirish ham g’aflat, g’ofillikka sabab. Har qancha suxandon bo`lsa ham, imkon bo`lguncha so`zni qisqa gapirish zarur. To`g’ri va rost so`z mavjud. Yolg’on va yolg’onchilik bor. Shoir o`gitiga so`zlayotgan kishilarning kimligi, qandayligi uning ko`rinishi bilan emas, so`zlanayotgan gaplaridan ayon bo`ladi. Ko`ngilga kelgan har bir fikrni tilga chiqaraverish beburdlikka olib keladi. Behuda, beburd va masxaraomuz so`zlash kishining o`ziga ozor yetkazadi. Tili kesilishiga olib keladi. So`zni ko`ngilda pishitib, mulohaza qilib, so`ng “tilga surmoq” kerak. Har bir kishining so`zi-uning ko`nglini aks ettiradi. Shoir aytmoqchi:

Senga bor esa so`z bilurdin mazoq O`zim sari boqma, so`zim sari boq.