Mil.ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi.
Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarqand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi

1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi.