Xristianlikning muqaddas manbai "Qadimgi Ahd" va "Yangi Ahd" deb nomlanuvchi ikki bo'limdan tarkib topgan "Bibliya" (yunoncha - "kitoblar") kitobi hisoblanadi. "Qadimgi Ahd" qismi "Tavrot", "Zabur" va boshqa bir necha kitob va gimnlarni o'z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, ya'ni bo'limlardan iborat.
Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko'ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o'zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. Bibliya so'zining grekchadan tarjimasi "biblia" - "kitob, o'ram" ma'nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat1. Ushbu kitob taxminan 1500 yil mobaynida 40 nafar muallif tomonidan yozilgan. Mazkur kitoblar turli adabiy janrlardan, chunonchi, tarixiy voqea, nasabnoma, she'r, hamd-u sano, marsiya, bashorat, tanbeh-u nasihat, hikmatlar va maktublardan iborat. Bu kitoblarning qariyb hammasi qadimgi ibroniy tilida yozilgan. Faqatgina Ezra va Doniyor kitoblaridagi ayrim parchalar oromiy tilida yozilgan.

Bibliyaning tarkibiga kiruvchi Injil ya'ni xushxabarlarning muallifi Mark, Matto (Matvey), Luqo (Luka) va Yuhanno (Ioan)lar hisoblanib, barcha xristianlar tomonidan teng kuchli va qonuniy (kanonik) kuchga ega, deb tan olinadi. Injillar orasida eng qadimiysi Matto Injili hisoblanib, u Iso vafotidan 4 yil keyin ibroniy-yahudiy tilida yozilgan.