Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


sabablar aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil aytiladi. 3. Xulosa



Yüklə 467,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix05.06.2023
ölçüsü467,91 Kb.
#125466
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
5-sinf adabiyot savol-javob

sabablar aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil aytiladi. 3. Xulosa.
 
Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi
1. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi-sharifi? – Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy. 
2. So‘fiylar boshlig‘i, din arboblariga nisbatan qanday atama ishlatilgan? – Shayx. 
3. Sa’diy Sheroziy qayerlik? – Eronning mashhur shahri Sherozdan. 
4. “Sarbon” so‘zining ma’nosi nima? – Tuya yetaklovchi, karvonboshi. 
5. “Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad”. Ushbu g‘azal muallifi kim? – Sa’diy 
Sheroziy. 
6. Kimlar o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziyga murojaat qilganlar? – Fransuz Volter, nemis 
Gyotelar. 
7. Sa’diy Sheroziy nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan asarlari qaysilar edi? – “Guliston” 
(1258) va “Bo‘ston” (1257) asarlari. 
8. Sa’diy Sheroziy qachon tug‘ilgan? – Tug‘ilgan yilini har xil ko‘rsatadilar. Masalan, 1184, 
1189, 1203, 1210. 
9. Sa’diy Sheroziy qachon vafot etgan? – 1292-yilda. 
10. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilini sayohatda o‘tkazgan? – 20 yilini. 
11. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat” qaysi asaridan olingan? – “Bo‘ston” asaridan. 
12. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat”dagi darvesh kim edi? – Sa’diy Sheroziy. 
 
“Guliston” va “Bo‘ston” asari
1. “Hakim” so‘zining ma’nosi nima? – Donishmand. 
2. “Pand” so‘zining ma’nosi nima? – Nasihat. 
3. “E’timod” so‘zining ma’nosi nima? – Ishonch. 
4. “Siym” so‘zining ma’nosi nima? – Kumush. 
5. “Zar” so‘zining ma’nosi nima? – Oltin. 
6. “Chashmayi ravon” so‘zining ma’nosi nima? – Oqar chashma. 
7. “Sahl” so‘zining ma’nosi nima? – Oz. 
8. “Ajamiy” so‘zining ma’nosi nima? – Eronlik. 

Yüklə 467,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin