8. Qaysi dostonlarni tarjima qilgan? – Qirg‘iz xalq eposi “Manas” va qoraqalpoq xalq dostoni “Qirqqiz” dostonlarini. 9. Biron kun ham she’r yozishni tark qilmagan ijodkor qaysi? – Mirtemir. 10. Qaysi shoirning ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan? – Mirtemir. 11. Mirtemir ijodidagi bosh mavzu nima? – Yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash. 12. Shoir umrining oxirida qanday to‘plam tayyorlagan? – “Yodgorlik” she’riy to‘plami. 13. Mirtemir qachon vafot etgan? – 1978-yil 24-yanvarda. 14. Mirtemirning necha jildlik “Asarlar”i nashr etilgan? – 4 jildlik. 15. Mustaqillik yillarida Mirtemirning ijodi qadrlanib, qaysi orden bilan mukofotlangan? –
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni. Mirtemir she’rlari 1. Shoir “Bulut” she’rida qaysi bulutni: “Yaxshi ko‘klam elchisi” – deb ataydi? – Pag‘a bulutni. 2. Mirtemirning “Baliq ovi” she’rida she’r qahramoni baliq tutib kimga eltib bermoqchi edi? –
Buvisiga. 3. “Baliq ovi” she’rida bolakay qarmoqqa baliq ilinmaganidan keyin nimada tutmoqchi bo‘ladi?
– Baliq to‘ri yordamida. 4. Mirtemir “Shudring” she’rida shudringni nimaga o‘xshatadi? – Injuga. 5. Mirtemir “Shudring” she’rida hamma yoqni shudring egallaganiga kimni yig‘lagan deb
taxmin qiladi? – O‘z onasi. 6. Mirtemir qaysi she’rida Yo Ramazon aytishini aytib o‘tadi? – “Qishlog‘im” she’rida. 7. O‘zbek adabiyotida lirik shoir kim edi? – Mirtemir. O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi 1. O‘tkir Hoshimov dastlabki qissasi bilan kimning nazariga tushgan? – Yirik adib Abdulla Qahhorning.