Birovlarning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi. 23. “As-somu alaykum” so‘zining ma’nosi nima? – “Sizga o‘lim”. 24. Horisa ibn Vahb al-Huzo’iydan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s. a. v.) aytgan ahli jannat
va ahli do‘zaxiylar kimlar? – Ahli jannat – har bir zaif, bechorahol odam. U odam Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi va so‘zining ustidan chiqadi. Ahli do‘zax – har bir qo‘pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam. 25. Janobi Payg‘ambarimizning jufti halollarining ismi kim edi? – Oysha onamiz. 26. “Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing!” Ushbu fikrlar muallifi kim? –
hazrati Umar (r.a.) 27. Nabiy (s. a. v.): “Kimga zakot bergan odamga ikkita savob tegadi”, - deydi? –
Qarindoshlariga. 28. “Riyo” so‘zining ma’nosi nima? – Ikkiyuzlamachilik. 29. Qanday odam zolim odam deb aytiladi? – Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq hukm qilmaydiganlar zolimdirlar! Nazariy ma’lumot. Hadis haqida tushuncha 1. Islom dinida Qur’oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bu - … - Hadis. 2. Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyatini, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z
ichiga oladigan manba bu - … - Hadis. 3. Sunnat nima? – 1. Payg‘ambarimizning aytgan so‘zlari; 2. Payg‘ambarimizning qilib ko‘rsatgan biror bir ishlari. 3. Payg‘ambarimizning boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan holati. Mana shu 3 holat sunnatdir. 4. Hadis ilmining rivojlanishiga bizning yurtimizdan yetishib chiqqan qaysi muhaddislar ulkan
hissa qo‘shishgan? - Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad