NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
8
ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad-Dorimiy as-
Samarqandiy.
5. Ushbu muhaddislar orasida kim eng oldingi o‘rinlarda turadi? –
Imom Buxoriy.
6. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining yana bir nomi nima? –
“Sahih al-
Buxoriy”
7. Hadislarni ishonchli va ishonchsizga ajratishni kim birinchi bo‘lib joriy qilgan? –
Imom
Buxoriy.
Ezop
1. Kundalik hayotda yoshi katta odamlar yoki muallimlaringiz o‘zaro suhbatlarida nutqi ta’sirli
chiqishi uchun nimalarni ishlatishadi? –
Har xil maqol va masallar, hikmatli so‘zlar yoxud
kichik-kichik ibratli voqealarni.
2. Qay tarzda bildirilgan fikr oddiy xabardan ko‘ra kishilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi?
–
Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr.
3. “… maqol va matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”.
Ushbu fikrlar muallifi kim va qaysi asardan olingan? –
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
4. Kishilarning o‘z nutqiga maqol va matal qo‘shib so‘zlash usulini yevropaliklar qanday
atashadi? –
“Ezop tilida so‘zlash” yoki “Ezopona til”.
5. Gretsiya va Makedoniya davlatlarining umumiy nomi oldinlari qanday atalgan? –
Yunoniston.
6. Rivoyatlarga ko‘ra, qachon Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan? –
mil. avv. VI
asrda.
7. Mil. avv. VI asrda Yunonistondagi qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo
o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand kim edi? –
Ezop.
Dostları ilə paylaş: