Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika xukmdorligi, dunyoviy-elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat xozirgi madaniyatda fan va texnikaning o'rni muximligini ko'rsatadi. «Zamonaviy» yoki «Yangi» fan antik yoki o'rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Agar, ilgarilari fan dunyoni asl xolda, unga daxlsiz o'rgangan bo'lsa, endi esa, fan bilish, yaratish, ixtiro, loyixa tuzish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib «inson idroki yordamida xal bo'ladigan muammolarga e'tiborini jalb qilmoqda». Xozirgi fanning jo'shqin qiyofasi mana shundan iborat. Xaqiqatni anglashga urinish o'rniga insonning qiziqish va extiyojlari mos keluvchi aniq imkoniyatlarni xisobga olish xarakati ustun bo'lmoqda.
Fan va madaniyatdagi yangi yo'nalish shakllanishining boshlanishi Uyg'onish davri bilan bog'liq. (XIV-XVI asrlar). Uyg'onish-Yevropa madaniyati taraqqiyotidagi muxim davr bo'lib, davriy jixatdan o'rta asrlarga mansub. Biroq, bu davr mutlaqo yangi madaniyat bosqichini ochdi. Shaxarlar ko'payishi, Yevropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, xunarmandchilikning rivojlanishi Yevropa madaniyatida yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida o'rta asrlar jamiyatida moddiy madaniyat va texnologiyalar o'zgarib ko'plab muxim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar diniy «dunyo qiyofasini» o'zgartirdi, aqliy va iqtisodiy xududni kengaytirib jaxon savdosini vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Antik davr merosini o'rganish yangi falsafiy yo'nalishlar paydo bo'lishiga turtki bo'lib inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida mutlaqo o'zgacha andoza shakllandi.