Texnogen madaniyat



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#122944
1   2   3   4   5   6   7
Texnika madaniyati

Uyg'onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo'lishidagi iloxiy g'oyalarni butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy va qat'iy qonunlarga muvofiq ravishda bunyodga kelishini tasdiqladilar. Idrok insonga shuning uchun berilganki, idrok yordamida inson bu qonunlarni tushunib o'z jamiyatlarini tuzishlarida qo'llashi yerda baxtning qaror topishiga garov bo'lib oxiratini xam obod qilishlari mumkin. Inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi tabiatan aqlli mavjudot xisoblanib, nafaqat moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy tushunish va tasvirlash ob'ektining asosi xamdir.

  • Uyg'onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo'lishidagi iloxiy g'oyalarni butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy va qat'iy qonunlarga muvofiq ravishda bunyodga kelishini tasdiqladilar. Idrok insonga shuning uchun berilganki, idrok yordamida inson bu qonunlarni tushunib o'z jamiyatlarini tuzishlarida qo'llashi yerda baxtning qaror topishiga garov bo'lib oxiratini xam obod qilishlari mumkin. Inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi tabiatan aqlli mavjudot xisoblanib, nafaqat moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy tushunish va tasvirlash ob'ektining asosi xamdir.

XVII asrda fan Yevropaliklar xayotiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha tizimlarini rivojlantirish va me'yorida faoliyat ko'rsatishning tabiiy va zaruriy sharti bo'lib maxsus ijtimoiy institut sifatida jadal kirib keldi.
Davlat bu turdagi faoliyatning barcha qiyinchiliklarini o'zining zimmasiga oldi. XVII asrda ilmiy inqilob matematika va mexanikada sodir bo'lib, aniq fanning ikki yo'nalishi, ya'ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi.
Zamonaviy fanda eksperiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida nazariy fanning antik va o'rta asrlar shaklida tubdan farq qiladi. Eksperimentga tayanuvchi olim antik davr donishmand-faylasufi yoki o'rta asrlardagi iloxiyotshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha munosabatni o'ziga tanladi.
U sodir bo'layotgan xodisalarni kuzatish va mushoxada qilishdan tabiatni extiyojiga mos tarzda o'zgartiruvchiga aylandi va o'zining sirlarini namoyon qildi.
XIX asrda texnotsentrik dunyoqarash keng tarqalib, kishilar o'z xayotini ilmiy asosda qurishga urina boshladi. Injenerlik faoliyati tamoyillari tabiat va jamiyat xayotiga keng yoyildi. Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik tashvishlari o'rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, extiyojlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin