Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Magistratura boʻlimi
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ISESCO kafedrasi
Tarix (Islom sivilizatsiyasi) ta’lim yoʻnalishi 2-kurs magistranti
Abdug’aniyeva Shaxlo Mahmudjon qizining
“Movorounnahr allomalari ilmiy merosi” fanidan
REFERAT
MAVZU: Sunan Dorimiy asarida oldi-sotdiga oid hadislar tahlili
KIRISH
Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy at Tamimiy as-Samarqandiy - hadis bilag‘oni, imom, hofiz, shayx ul-islom. Bonu Dorim ibn Malik avlodidan bo‘lganligi sababli shunday nisbuga ega bo‘lgan.
To‘liq ismi: Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahman ibn al-Fadl ibn Bahrom Bonulik Dorim ibn Malik ibn Xanzala ibn Zayd Manat ibn Tamim.
Ad-Dorimiy 797 yil Samarqand shahrida dunyoga kelgan, Xuroson, Sham, Iroq, Misr, Xijoz va boshqa ko‘plab musulmonlik maktablarida tahsil olgan. Yuzlab musulmon olimlaridan dars olgan va an-Nadr ibn Shamiy, Vahba ibn Jarira, Abu Nuayma al-Isfaxaniy va boshqalarning hadislarini yetkazgan.
O‘zining chuqur bilimi sababli ad-Dorimiy butun mumsulmon olamida mashhur bo‘lgan va o‘sha vaqtlarning ko‘plab taniqli ulamolari undan dars olishgan, jumladan, Muslim ibn al-Xajaj, Abu Isoot-Termiziy, Abu Dovud, al-Bazzor, Abu Zura ar-Roziy, Abu Xatim ar-Roziy, Ahmad ibn Xanbal, Iso ibn Umar ibn al-Abbos as-Samarqandiy va boshqa ko‘plab musulmon ummalarining buyuk ulamolari.
Imom Dorimiy Marv shahrida 896 hijriy sana, Zulhijja oyining sakkizinchi kuni yetmush yoshni qarshi olib, vafot etgan. Arafa - Juma kunida dafn qilingan.
Dorimiy, Imom al-Buxoriyning ustozi hisoblanadi. Dorimiy hadis, tafsir, fiqh ilmlarining allomasi darajasiga ko’tarildi. Dorimiyning “Al-Musnad” (“tayanch”), “Attafsir” (“Qur’on sharhi”), “Al-Jome'” (“To’plam”), “As Sulosiyot fil hadiys” (“hadislardagi uchliklar, ya’ni uch o’zak harfli fe’llar”), “kitob as-sunna fil hadiys” (“hadislardagi sunnatlar haqida kitob”) asarlari uning ilmiy-ma’naviy merosini tashkil etadi. Dorimiyning eng muhim asari “al-Musnad” bo’lib, “Sunan ad-Dorimiy” nomi bilan mashhur. 2 jilddan iborat bu asar 1996 yilda Bayrutda chop etilgan. Bu asarda haj, zakot, ro’za, nikoh va taloq, vasiyatnoma va boshqa ko’plab tushunchalar mazmuni, Muhammad (as) ning musulmonlar ijtimoiy va ma’naviy hayotining hamma sohalari yuzasidan aytgan fikrlari tushuntirib beriladi. Bu asar “Assihah assitta” (oltita sahih) kitoblari jumlasiga (Ibn Mojaning “sahih”i o’rniga) kiritilgan. Dorimiy ayrim manbalarga ko’ra, Samarqand viloyatining Toyloq tumani hududida dafn etilgan.
Dostları ilə paylaş: |