2.2 Sunan Dorimiy asarida oldi-sotdiga oid hadislar tahlili
Sulusiyyot-ad_dorimiy - Buyuk bobokalon yurtdoshimiz Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon as-Samarqandiy ad-Dorimiy (181-255/798-869) rahimahulloh taniqli muhaddis boʻlib, uning sahih hadislar toʻplamidan iborat boʻlmish “as-Sunan” asari shuhrat qozongan. Mazkur manba “al-Musnad” nomi bilan ham ataladi. Ibn Hajar al-Asqaloniy rahimahulloh kabi bir qancha hadisshunoslar “Sunan ad-Dorimiy”ni mashhur oltita sahih hadislar toʻplami – “as-Sihoh as-sitta”ning oltinchi asari sifatida qabul qilganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh: “ad-Dorimiy ilm ahliga imomdir!”, deganlar. Imom ad-Doraqutniy rahimahulloh esa: “Dorimiy roviylarning eng ishonchlilaridan edi”, deganlar.
“Sunan ad-Dorimiy”da 3506 (uch ming besh yuz olti) ta hadis boʻlsa, shundan atigi 17 (oʻn besh) tasining roviylar silsilasi uch isnodlidir. “Kashf az-zunun”da ularning umumiy sonini 15 (oʻn besh) ta deyilgan. Isnodda faqatgina uch nafar roviyning nomi qatnashgan hadislar “Sulosiyyot” deb ataladi. Imom ad-Dorimiy rahimahulloh mazkur uch isnodli hadislarini alohida “as-Sulosiyyot fi-l-hadis” nomi bilan ham tartib berganlar. Imom al-Buxoriy rahimahullohning bu xildagi “Sulosiyyot” asari ancha shuhrat qozongan boʻlsa-da, biroq, undan oldin Imom ad-Dorimiy rahimahullohni uch isnodli, aniqrogʻi oliy isnodli hadislarga alohida eʼtibor berib, hadis fanida ularni alohida tartib berib oʻziga xos yoʻnalishni boshlab bergan olim, deyish mumkin. Uch isnodli hadislarning isnodlarida juda kam roviylar qatnashganligi, ularning oʻta darajada ishonchli zotlar boʻlgani sababli “Sulosiyyot” hadislari eng toʻgʻri, eng ishonchli, eng qabul qilarli boʻlib qolaveradi. Binobarin, ularni bilib-oʻrganish va hadis matnidagi hukmlarga amal qilish muhim ahamiyat kasb qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Али-заде А. А. Хадис // Исламский энциклопедический словарь. — М. : Ансар, 2007.
Бойко К. А. Хадис // Ислам: энциклопедический словарь / Отв. ред. С. М. Прозоров. — М. : Наука, ГРВЛ, 1991. — С. 262-263
Hadis / M. Yasar Kandemir // TDV İslâm Ansiklopedisi : [тур.] : 44 c.. — İstanbul : TDV İslâm Araştırmaları Merkezi, 1997. — Т. 15. — С. 27-64.
Dostları ilə paylaş: |