Buyuk muqaddis Ismoil Al-Buxoriy Reja

Yüklə 40,42 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü40,42 Kb.
#196562
  1   2
Buyuk muqaddis Ismoil Al-Buxoriy

Buyuk muqaddis Ismoil Al-Buxoriy
Reja:

  1. Hadislar va muhaddislar haqida malumot

  2. Muhaddisning tarjimai holi

  3. «Al - adab al - mufrad» asari haqida malumot.

  4. Hadislar ma'naviy bilimlar qomusi.

«Hadis» arabcha so'z bo'lib, lining bir qator ma'nolari bor:

  1. yangi, yangi narsa, yangi ro'y bergan voqea;

  2. so'z, hikoya, naql, rivoyat;

Muhammad payg'ambar yoki lining sahobalai haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat. Islom dini bo'yicha eng asosiy manba «Qur’on»dir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o'rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg'ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy — ta'limiy mavzularda aytgan xilma — xil fikrlari, ko'rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi.

Hadislarning yuzaga kelishni uch omil bilan ko'rsatiladi:

  1. Muhammad payg'ambar aytgan gaplar.

  2. Uning o'zi qilib ko'rsatgan ishlar.

  3. Payg'ambarimiz tomonidan ko'rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani.

Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi «yo'l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma'nodi esa Muhammad payg'ambardan qolgan urf - odatlariga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma'no qamrovi, izohi o'z aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq -odob masalalariga, inson ma'naviyati bilan bog'liq muammolarga qaratilgan.

Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan - Muhammad payg'ambar zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkon boricha xatosiz, asl holida boshqalarga Yetkazilishi lozim bo'lgan. Payg'ambar nomiga bog'lab turib, yolg'on hadis tarqatish qattiq qoralangan.
Hadislarni to'plab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug'ullangan olimlar muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abud Dovud, Sulaymon Sijistoniy, ibn Mojja, Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu Alo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrug'i olamni tutgan. Ulardan beshtasi O'rta Osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al —Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at —Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja shular jumlasidandir.

Buxoriyning to'liq ismi Abu Abdilloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al - Mag'iyra ibn Bardazbeh al - juafiy al - Buxoriy bo'lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko'pgina olimlardan farqli o'laroq al-Buxoriy tug'ilgan sana aniq ko'rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo'lib, o'g'lining tug'ilgan kunini o'z qo'li bilan yozib ketgan qog'oz zamondosh olimlar ixtiyoriga Yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo'q. Al-buxoriy yoshligidanoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o'sgan. U yoshligidan aql —idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bo'lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo'r qiziqish bilan egallaydi. 825 yili o'n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo'l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o'z bilimini yanada oshirish maqsadida o'sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fikh ilmidan talim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Buxoriy hayotining ko'p qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda o'tdi. U safar chog'ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to'plagan hadislarini oqqa ko'chirar edi. Muallifning yozishicha, Bag'dodda istiqomat qilgan paytda ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalarda sham yorug'ida kitob yozar ekan.

Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruwatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g'oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, o'z vatani Buxoroda ko'plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba'zi hasadgo'y, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni ko'rolmas edilar, Natijada hasadgo'ylarning hatti-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib «Al jome' as-sahih», «At-ta'rix» kitoblarini o'qib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy «Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo'lsa, o'zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgan uchun meni kechiradi», degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo'htonkor shaxslarning gapiga kirib al -Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo'l oladi va birmuncha Xartang qshlog'ida o'z shogirdlari va qarindosh-urug'larinikiida yashagandan keyin og'ir kasalga chalinib, hijriy 256 yil (melodiy 870 yil 1 sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al—jome' as - sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-ta'rix as-sag'iy», «At-ta'rix al-avsot», «At -ta'rix al-kabir», «Kitob al-kuna» va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al-jome' as-sahih»dir. Bu asar «Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham mashhur. «Al-adab al-mufrad»da boshqa mualliflarning asarlarida uchramaydigan bir qancha hadis va xabarlar bor. Tanqidchi muhaddislardan ba'zilarining so'ziga qaraganda «Al-adab al- mufrad»dagi hadislarning isnodlari e'timod jihatidan muallifning «Al — jome' as —sahih»laridagi hadislarning isnodiga yaqinroq bo'lib, «Olti kitob»dagi hadislar isnodidan yuqori hisoblanadi.
«Al —adab al —mufrad» kitobi 1889 yili Hindistonning Bixar viloyatidagi «Al —xaliliy» matbaasida, ikki marta Konstantinada va 1930 yili Qohiradagi «Al —g'oziya» matbaasida chop etilgan. Bundan tashqari ko'p mamlakatlarda uning qo'lyozma nusxalari ham saqlangan, lekin, afsuski, bu qimmatli asarga sharh, hoshiya yoki taliqalar yozishga deyarli e4ibor berilmagan.
Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad payg'ambarning hayoti va faoliyati bilan bog'liq hadislar talqini, o'zaro insoniy munosabatlar, do'stlik, ahillik, saxovat, ota —onalarga va qarindosh —urug'larga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgo'ylik, yolg'onchilik, fitna —fasod va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritadi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug'lanadi, kishilarda shunday xislatlarnng bo'lishi ma'qullanadi va targ'ib qilinadi, aksincha, yomon fel —atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta —qayta ta'kidlanadi. Ilm — ma'rifat borasida ham ko'plab hadislar mavjud. Masalan, ularning birida «Garchi Xitoyda bo'lsa ham, ilmga intilinglar, chunk! ilm olishga harakat qilish har bir mo'minga farzdir», deyiladi. Bunda kishilarni ilm olishga undash, o'z bilimini chuqurlashtiishga da’vat ochiq ko'rinib turibdi.
Vatan va vatanparvarlik bilan bog'liq hadislar ham anchagina. Tabiiyki, ular orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» hadisi mashhurdir.
Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir. Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman, kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash, buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko4rsatish, aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi.
Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka, mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi:
«Savobli ish qilganingizda xursand bo'lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo'lsangiz, demak, siz haqiqiy mo'mindirsiz».
Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida e'tibor berlgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, Yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingni ularga Yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur».
Ammo Yetimlar haqqini Yeyishdan tiyilmoq shart, hatto u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni Yetim va ayol haqqini Yemoqlikni sizlarga harom qilaman».
Odamiylik ham hadislarda tez-tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr -muhabbat bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko"r!» deyilgan.
Shuningdek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr-ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning ulug'langan.
Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muhaddis olim (muhaddislik — hadislar haqidagi fan, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning islom dini uchun xos so‘zlari va ishlari haqidagi xabarlar) va ahamiyatiga ko‘ra Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi “Al Jomiy as Sahih” kitobining muallifi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yil Buxoroda tavallud topgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning otasining bobosi birinchi islom qabul qilganlardan bo‘lgan.
Uning otasi muqaddas rivoyatlar baxshilaridan bo‘lgan. 5-6 yoshlaridan Ismoil Qur’on va diniy ilmlarni, xususan, hadislar o‘rganishni boshlagan. Mukammal xotira egasi bo‘lib, u o‘qiganlirini tez o‘rganib olar, so‘ngra ularni har tomonlama tahlil qilardi.16 yoshiga kelib, u o‘sha zamonlarning barcha hadis to‘plamini yoddan bilgan.
825 yil Al Buxoriy o‘z onasi va akasi Ahmad bilan birga haj safarini amalga oshirish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi. Ziyoratni amalga oshirgach, onasi va akasi Buxoroga qaytib kelishadi, u esa turli musulmon davlatlari bo‘ylab sayohat qilib, o‘z davrining taniqli ustozlaridan ta’lim olgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, u yuz minglab hadislarni to‘plab, ulardan 300 mingtasini yoddan bilgan. U hayotining 42 yilini izlarishlar bilan o‘tkazadi. Kitobi ustida ishlashni u Basrada boshlaydi va uni ko‘p yillar davomida yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobga 1080 ta muhaddisning hadislari kiritilgan. Hadislarning ishonchliligiga ularning kelib chiqish manbasi va har bir zanjir aniq ko‘rsatgich bo‘la oladi, zero, yetkazib beruvchining axloqiy timsoli nazarda tutilganligi, unga ishonish imkonini beradi.
Manbalardan ma’lumki, u ko‘plab kitoblar yozgan bo‘lib, ular orasida “Ta’rixi Kabir” - “Buyuk Tarix” kitobi ham bor.
“As-Sahih”ni yozgach, u Buxoroga qaytadi va barcha ilm istaganlarga ta’lim beradi, bu orqali u odamlarni savodga o‘rgatib, jamiyatga katta foyda olib keladi. Uning obro‘si shu qadar baland bo‘lganki, unga noma’lum hadis xalqda ishonchsiz hisoblangan.
O‘z irodasiga qarshi ravishda u Buxoro hukmdori Tohirid Xolid ibn Ahmad bilan nizolashib qoladi va Samarqand yoqasidagi Xartang qishlog‘iga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi, shu yerda u 870 yil vafot etgan.
Samarqand viloyatining Chelak tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan qabri ziyoratchilarning eng hurmatga sazovor va muqaddas qadamjosiga aylangan.
XVI asrda Imom al Buxoriyning maqbarasi oldiga masjid qurilgan va chinorlar ekilgan.
1998 yilning 23 oktabr kuni Samarqandda taniqli olim tavalludining 1225-yilligi munosabati bilan tanatanalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur hodisa munosabati bilan O‘zbekiston Respublikaning Prezidenti I.A.Karimov rahbarligidagi loyiha - ulkan nodir-me’moriy majmua qad rostlagan. Loyiha amalga oshirilishida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Qo‘qon va Namanganning eng yaxshi quruvchilari va xalq ustalari ishtirok etishgan.
Majmuaga naqshlar bilan bezatilgan darvoza o‘rnatilgan peshtoq orqali kiriladi. Kirish qismining ikki tomoniga majmua qurilishi haqida arab va lotin grafikasida yozilgan yodgorlik toshtaxtalari o‘rnatilgan.
Majmuaning markaziy o‘qida maydoni 9x9 metr, balandligi 17.0 metrni tashkil qiluvchi to‘rtburchak asosli to‘g‘ri burchak shakldagi Ismoil al Buxoriy maqbarasi qad rostlagan. Maqbara gumbazi ikki yoqlama, qovurg‘asimon, moviy rang tasvirlar bilan bezalgan. Devorlari koshinlar, ganch, oniks va granitlarga o‘simlik va geometrik naqshlar solib ishlangan. Dahma tarkazi och yashil rangli oniksdan.
Hovlining chap tarafida xonaqoh va maydoni 786 kv.metrni tashkil qiluvchi galereya o‘rin olgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 1500 kishi namoz o‘qiy oladi. O‘ng tarafida kutubxona hamda islomshunoslikka oil nodir nusxadagi qo‘lyozmalar va litografik kitoblar, turli mamlakatlar davlat arboblarining sovg‘alari, xususan, Kaabning Makkasidan taqdim etilgan kasvalar-choyshablar saqlanuvchi muzey joylashgan.
Hovlining ichidan muhaddislikni o‘rgatuvchi o‘quv markaz joy olgan.
Hovlining markazidan qadimiy chinorlar va hovuz o‘rin olgan bo‘lib, uning oldida shifobaxsh suv otilib turadi.
Imom al Buxoriyning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng tarqatish maqsadida, xalqaro fond tashkil etilib, 2000 yildan buyon o‘zining o‘zbek tilidagi ma’naviy-ma’rifiy ilmiy-adabiy “Imom al Buxoriy saboqlari” jurnalini chop etib kelmoqda.
Al Buxoriy kitoblaridan madrasalarda, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. sunnatlarini (muqaddas naqllar) o‘rganishda universitetning asosiy darsligi o‘rnida foydalaniladi.

Hovlining ichidan muhaddislikni o‘rgatuvchi o‘quv markaz joy olgan. Hovlining markazidan qadimiy chinorlar va hovuz o‘rin olgan bo‘lib, uning oldida shifobaxsh suv otilib turadi.
Imom al Buxoriyning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng tarqatish maqsadida, xalqaro fond tashkil etilib, 2000 yildan buyon o‘zining o‘zbek tilidagi ma’naviy-ma’rifiy ilmiy-adabiy “Imom al Buxoriy saboqlari” jurnalini chop etib kelmoqda.
Al Buxoriy kitoblaridan madrasalarda, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. sunnatlarini (muqaddas naqllar) o‘rganishda universitetning asosiy darsligi o‘rnida foydalaniladi.
Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli „Al-jomeʼ as-sahih“ asari „Eng ishonchli hadislar toʻplagan“ nomiga sazovor boʻlgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini oʻzaro uchrashganlari ehtimoli mavjud boʻlsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari oʻzaro uchrashganini alohida koʻrgan guvohning eʼtirofini ham shart qilib qoʻygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Asqaloniyning hisobiga koʻra „Al-jomeʼ as-sahih“dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qoʻshilsa, kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.
Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX—XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.
Xulosa.
Xulosa. qilib aytganda Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.

Yüklə 40,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin