bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish” misralari. 10. Bu misralar yozilganiga qancha vaqt bo‘ldi? – 500 yildan ortiq vaqt o‘tdi? 11. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari muallifi kim? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov. 12. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar muallifi kim? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov. 13. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda uchraydi? – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. 14. Turli insonlar taqdiri qanday asarlarda hikoya qilinadi? – Badiiy asarlarda. 15. Adabiy asarlar necha turli bo‘ladi? – 3 turli: 1) she’riyat; 2) nasr; 3) dramaturgiya. 16. Adabiyotning “She’riyat” degan turiga qaysilar kiradi? – Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va she’riy dostonlar. 17. Adabiyotning “She’riyat” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi? – Shoirlar tomonidan. 18. Adabiyotning “Nasr” degan turiga qaysilar kiradi? – Ertaklar, hikoyalar, ocherklar, qissa va romanlar. 19. Adabiyotning “Nasr” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi? – Nosirlar, ya’ni yozuvchilar tomonidan. 20. Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi? – Hikoya usulida. 21. Adabiyotning “Dramaturgiya” degan turiga qaysilar kiradi? – Intermediya, yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari. 22. Dramatik asarlar qanday yo‘l bilan yozilishi mumkin? – Ham she’riy, ham nasriy yo‘l bilan.