Ibrohim alayhissalom. 33. Imom al-Buxoriy necha yoshidan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustozlarini shoshirib
qo‘ya boshladi? – 10 yoshidan. 34. Imom al-Buxoriy necha yoshida minglab hadislarni yod bilar, ularning “sahih” yoki
“nosahih”ligini ajratib bera olar edi? – 16 yoshida. 35. Imom al-Buxoriy nechadan ortiq asar yozib qoldirgan? – 20 dan ortiq. 36. Imom al-Buxoriy “Al-jome’ as-sahih” kitobi ustida necha yil ishlagan? – 16 yil. 37. Imom al-Buxoriy “Al-jome’ as-sahih” kitobiga necha hadis kiritilgan? – 7397 hadis. 38. Imom al-Buxoriy “Al-jome’ as-sahih” kitobidagi 7397 hadis necha hadisning ichidan saralab
olingan? – 600. 000 hadis ichidan. 39. Imom al-Buxoriy yashagan davrda Buxoro amiri kim edi? – Xolid ibn Ahmad. 40. Imom al-Buxoriy bilan Buxoro amiri o‘rtasidagi kelishmovchilik nima sababdan kelib
chiqqan? – O‘sha paytdagi Buxoro amiri Imom al-Buxoriyga farzandlariga saroyga kelib ta’lim berishini buyuradi. Imom al-Buxoriy esa, bunga javoban ilmni xor qilmasliginini aytgani uchun kelishmovchilik paydo bo‘ladi. 41. Imom al-Buxoriy hayotining so‘nggi yillari qayerda kechdi? – Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida. 42. Imom al-Buxoriy qachon vafot etgan? – 870-yilning 31-avgustida. 43. Xartang qishlog‘i Samarqand viloyatining qaysi tumaniga kiradi? – Payariq tumaniga. 44. Imom al-Buxoriyning to‘liq ismi? – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadislar (“Al-jome’ as-sahih”dan) 1. Sahoba Ammorning aytishicha, uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining imoni
mukammal bo‘ladi. Bu qaysi xislatlar? – 1. Insofli va adolatli bo‘lmoq; 2. Barchaga salom bermoq; 3. Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq.