Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi



Yüklə 18,84 Kb.
səhifə5/7
tarix26.12.2023
ölçüsü18,84 Kb.
#197580
1   2   3   4   5   6   7
Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi-fayllar.org

Deflyatsiya. Shamol faqat tekis yerlardagi jinslarni uchiribgina qolmasdan, barcha o`nqir-cho`nqirlarga, qoya toshlarning xamma kamarlariga kirib borib, yemirilgan mayda jinslarni xam uchirib ketadi. Bu xodisa deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya xarakati tog` jinslari qatlamlarining (ayniqsa gorizontal xolda yotganini) yon tomonlarini silliqlaydi, yemirib donalarga ajratib uchiradi, natijada xar xil shakllar: minorasimon, stol, ustun, qurbaqa sallasiga uxshash shakllar hosil bo`ladi. Deflyatsiya jarayoni natijasida yuqorida aytib o`tilgan jinslar yemiriladi, mayda donachalarni shamol uchirib ketadi va u joylarda xar xil shakllar hosil bo`ladi. Yer yuzasiga yaqin joylardagi bo`sh jinslarni shamol uchirib ketadi, uning o`rnida xovuzsimon relyef hosil bo`ladi. Bunday joylar eol qozoni deb ataladi. Bunday chuqurliklarda yog`inlarning to`planishidan vaqtli ko`lchalar yoki botqoqliklar hosil bo`lishi mumkin. Ko`pincha cho`llarda bunday joylarda loyqa to`planib, yozda qurib qolib yorilib-yorilib ketadi va bu yerlar taqir deb ataladi.
Korroziya. Korroziya so`zi lotincha bo`lib silliqlash, o`yish, tekislash demakdir. Shamol qum donachalarini uchirsa, qattiq tog` jinslariga uriladi va ularni shamolga qarshi tomonini qiradi, o`yadi, silliqlaydi. Shamoning ana shu bajargan geologik ishiga karroziya deyiladi. Shamol olib borayotgan qum odatda yer yuzasidan 2-3m balandda uchadi; shuning uchun korroziya qoya toshlarini tagini eng ko`p o`yadi;
Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog` jinslariga urishi natijasida ularda 1,5-2m keladigan chuqurchalar hosil bo`ladi. Shamol yumshoq jinslar orasidagi toshlarni ochib, tozalab ketadi. Karroziya qattiq cho`kindi jinslarni uyib, kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba`zan bunday jinslar juda jimjimador bo`lib qoladi. Cho`llarda shamolning ta`siri natijasida qumtepaliklar ya`ni barxanlar hosil bo`ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba`zan 50-100m gacha yetishi mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o`rta xisobda 2-10m gacha, ba`zi xollarda 100- 150 m gacha siljiydi. Dengiz, ko`l va daryo soxillariga to`lqin chiqarib tashlagan qumlarni shamol uchirib, quriqlik ichkarisiga olib ketishi va soxil buylab yotqizishi mumkin. Dengiz yoki daryo buyidagi qumtepaliklar dyunalar deyiladi. Dyunalarning balandligi 20-25m gacha , ba`zan katta dengiz soxilida 20m gacha yetishi mumkin. Ular ham siljib, bir yil ichida 100m dan 200m gacha yo`l bosishi mumkin.
Shamol keltirgan yotqiziqlar eol yotqiziqlar deyiladi. Eol yotkiziklari o`z xususiyati va shakli bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari, tabiatda keng tarqalgan lyoss (soz tuproq) xam kiradi.

Yüklə 18,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin