Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi



Yüklə 18,84 Kb.
səhifə7/7
tarix26.12.2023
ölçüsü18,84 Kb.
#197580
1   2   3   4   5   6   7
Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi-fayllar.org

Daryoning geologik ishi. Eroziya quruqlik yuzasidan oquvchi suvlar, asosan daryo suvlari natijasida vujudga keladi. Eroziya so`zi daryolarning yemirish ishini bildiradi. Daryolarning ishi:
a) o`zanni chuqurlatib, soxilni yuvib ketishda;
b) siniq jinslarni oqizib ketishda,
v) soxilda paydo bo`ladigan va daryo o`zanini to`ldirib yuboradigan toshlarni oqizib ketishda;
d) mayda tosh parchalarini yotqizishda yaqqol ifodalanadi. Oqar suvning eroziyasi natijasida tog` jinslari yuvilib, usti ochilib qoladi ba`zan suv chuqur uyib yuborib, jar hosil qiladi
1. Chuqurlama eroziyada daryo baland joylardan pastga tomon katta kuch bilan oqib tushadi, shunda suv o`zanni o`yib ketadi va daryo suvi ancha pastlikdan oqa boshlaydi.
2. Yonlama eroziya daryoning o`rta oqimida ro`y beradi. Daryoda oqib o`tayotgan suv daryo tagini yuvib yubormay, balki ikki yon soxilini o`yadi. Bunday daryolar tekislikda meandralar hosil qiladi.
Daryolar dengiz va ko`llarga quyiladigan yerlarda deltalar hosil qiladi. Bu yerda daryo o`zaning shakli likopchasimon bo`ladi. Daryoning kelib quyiladigan joyi (birinchi yemirish boshlanadigan joy) eroziya bazisi deb ataladi. Eroziya bazisidan daryo suvining yuqori oqimi tamon yemirishi regressiv (chekinish) eroziya deyiladi.
Tipik oqim uch qismga bo`linadi va ularning xar biri bir qancha ayrim xususiyatlarga ega. Yuqori oqimda to`planuvchi xavzada-oqiziladigan matyeriallar ko`p bo`ladi, o`rta qismida - oqib ketadigan matyeriallar, quyi qismida – cho`kib qoladigan matyeriallar bo`ladi. Eroziya viloyatining ko`tarilishi yoki eroziya bazisining cho`kishi bir oz to`xtagan davrda daryolar baland tog`larni yemirib, peneplenarni, ya`ni biroz yassilangan past-baland yerlarni hosil qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.


2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O`qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil.
4. www.ziyonet.uz
5. www.QMII.UZ
http://fayllar.org
Yüklə 18,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin