Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Hajmiga qarab, tushunchalar alohida va umumiy bo’ladilar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə31/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Hajmiga qarab, tushunchalar alohida va umumiy bo’ladilar. (masalan, tabiatshunoslik kursida «O’z o’lkamizning tabiati», «Tabiatda mavsumiy o’zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog’liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega bo’lishi mumkin.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog’lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa va avlod, hayvonlar va bargli o’simliklar) tushunchalariga bo’linadi.
Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasiga chegara qo’yish mumkin. «Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo’ladi. Tushuncha konkret holga kelib, tasavvurga o’tadi».
Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o’rganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o’quvchilar «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo’lgan yoshda ham 1-4 sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to’g’risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi.
Tushunchalarning eng muhim belgilari sistemalashtirishning asosi bo’ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ularni kichik maktab bolalari aniqlab olishlari kerak: jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o’smaydilar, nafas olmaydilar, ko’paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik tabiatshunoslikni o’rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi.
Tushunchalar umumiylashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo’lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish, agar narsa va hodisalar muhim belgilari bo’yicha birlashtirilganda to’g’ri hisoblanadi. Masalan, «metall» tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o’tkazish qobiliyati, chiniqish, erish (4-sinf) kabi umumiy belgilarga ega.
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlarda tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho’qqisi, tagi, tik yonbag’irlik, yotiq yonbag’irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo tushunchasi» quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o’zani, o’ng va chap qirg’og’i kabilarni o’z ichga oladi.
Tabiat obyektlari va hodisalari to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qilish uchun avval ular ustida kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, tablisa, xarita, sxema) qarab chiqish, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo’yicha mustahkamlash kerak. O’qituvchining maqsadga yo’nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.
Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar – bu yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha esa nomlar yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi.
O’quvchilar e’tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya’ni obyektning yakka xususiyatini ta’kidlamoq zarur; agar u jug’rofiya obyekti bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya’ni joylashgan o’rnini xaritadan aniqlash kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda uncha umumiy bo’lmagan tushunchalardan ancha umumiyroq tushunchalarga olib kelish bo’yicha mashqlar katta ahamiyatga molikdir. Masalan, tur doirasidagi «bo’ri», «tulki», «yo’lbars», «sher» tushunchalari avlod doirasidagi «Yirtqichlar» tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko’rinishidayoq ma’lum bo’ladi. Ularning umumiy avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O’quvchilarni avlod doirasidagi belgilarini tur doirasidan farq qilishga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va konkret belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, «na’matak, siren, ligustrum butadirlar» degan ta’rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga «na’matak, siren, ligustrum butadirlar, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o’sgan» deyish kerak.
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e’tibor berish lozim. Chunonchi, «daryo» umumiy tushunchasini shakllantirish uchun uni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o’qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko’rsatishi, ya’ni yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so’rashi mumkin. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o’ng va chap qirg’oqlariga ega). Shu belgilar asosida «daryo» umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig’ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho’llar uchun xos o’simliklar (saksovul, qum akasiyasi, yantoq)ni bir territoriyada bo’lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarning yo’qligi, tikanlarning bo’lishi) birlashtiradi. Yig’ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o’zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o’simliklari – dafna, magnoliya, choy, kiparis, cho’l o’simliklari – saksovul, qum akasiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shunday qilib, o’simliklar uchun ularni bir tushunchaga birlashtiradigan territorial belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o’simliklarining individual xususiyatlarini ularni tablisa, surat, gerbariylardan ko’rsatib o’rganishga o’tish kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta’minlovchi metodik sharoitlar. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham kam emas. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti sistemadir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi:
1) tabiiy obyektni kuzatishlar;
2) qabul qilishni aniqlovchi mashqlar;
3) o’qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. O’qituvchining savollari; xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo’yicha mashqlar tasavvurlarning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi.
1) Muammoning aniq qo’yilishi;
2) O’qituvchi tomonidan o’quv materialini bayon qilish mantiqi;
3) aniqlash va taqqoslash bo’yicha mashqlar;
4) Tushunchalarni bog’lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash sistemasi;
5) Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar;
6) Tushunchalarni o’quv va ko’nikmalar bilan bog’lovchi savollar tushunchalarning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish – kuzatishlarga asoslanib, o’rganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin.
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning har xil turlari (tablisalar, sxemalar, suratlar va h.k.) katta ahamiyatga egadir.
O’quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O’quvchilarning fikrlash faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo’yadi. O’quv materialini bayon qila borib, u o’quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. «Jonajon o’lkaning tabiati» mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog’liqligi (3-sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan.
Tabiatshunoslik tushunchalarini o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, texnik mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatilishi muhim rol o’ynaydi.
Predmetlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini qo’llanishiga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi.
O’quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda esga olishda) tahlilni, sintezni umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qirg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun Qora dengiz sohillarida issiq iqlimiy mamlakatlarning o’simliklari o’sishi mumkin? Dasht va cho’l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar sistemasi tabiiy narsalarni tablisadagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylardan montaj qilishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3-sinfda shunday savollardan quyidagilar bo’lishi mumkin: Chigit ekilgandan keyin chigitda nimalar boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Bu o’simlik qayerda va qanday sharoitda o’sadi? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (xarita yoki globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering.
O’quvchilar tablisadan foydalanib, o’simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. O’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi dasrda esa chizilgan sxemalar kollektiv bo’lib aniqlanadi va to’ldiriladi.
Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan jadvallarni to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar ham taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o’quv-tajriba uchastkasida tajribalar o’tkazishda qo’llaniladi.
Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har bir o’quvchi muayyan tushunchalarni qanchalik o’zlashtirilganligini aniqlashga imkon beradi. O’quv yili oxirida tabiatshunoslik bo’yicha quyida keltirilgan shakllarda mustaqil ish o’tkazish mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin