Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə28/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
7 – mavzu Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.
1. 2-sinf «Atrofimizdagi olam» predmetining maktab o’quv rejasidagi o’rni
2. 3 va 4 sinflardagi tabiatshunoslik fanining mazmuni
3. Tabiatshunoslik fanining boshlang’ich va o’rta maktablardagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’lanishi

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 5, 17, 18, 19, 20, 21, 22.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 7, 8, 9, 10, 16.



Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, metodika, «Atrofimizdagi olam» darsligi, fanlararo bog’lanish, ta’lim, tarbiya, dastur, Davlat ta’lim standartlari , o’quv reja, didaktik o’yinlar, sinfdan tashqari ishlar, dars.
1. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining tarixi
2. O’zbekistonning boshlang’ich maktablarida tabiatshunoslikning o’qitilishi
3. V.F.Zuyevning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
4. K.D.Ushinskiyning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
5. A.Ya.Gerd va V.A.Gerdlarning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
6. V.P.Vaxterovning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
7. M.N.Skatkining tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
8. S.A.Pavlovichning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni
9. V.A.Suxomlinskiyning tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanida tutgan o’rni

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 12, 16, 18, 28.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 7, 22, 32.



Tayanch iboralar: T.N.Qori niyoziy, Ye.M.Bilskaya, V.F.Zuyevning dastlabki darsligi, K.D.Ushinskiy, A.Ya.Gerd-tabiatshunslik o’qitish metodikasining asoschisi, V.A.Gerd, V.P.Vaxterov, M.N.Skatkin, S.A.Pavlovich, V.A.Suxomlinskiy
Umumta’lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta’limning strukturasini o’zgartirdi, O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi.
Ushbu davlat ta’lim standarti umumiy o’rta ta’limning tarkibiy qismi bo’lgan boshlang’ich ta’limning tarkibiy tuzulishi, mazmuni, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o’quv yuklamasi hajmiga qo’yiladigan me’yor va talablar majmui bo’lib, u davlatning me’yoriy hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Boshlang’ich ta’lim davlat standarti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ga hamda Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida» gi 1998 yil 5 yanvar qaroriga va «Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom»ga asoslangan holda belgilangan.
Bu hujjatda quyidagilar qayd etilgan: boshlang’ich ta’limga davlat standarti o’quv fanlari bo’yicha emas, balki, ta’lim sohalari bo’yicha belgilanadi. Ta’lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanishi darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlang’ich ta’limga davlat ta’lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta’lim mazmuni ko’lamini chegaralash, ta’lim sohalarini integrasiyalash imkonini beradi. Davlat ta’lim standartini belgilash boshlang’ich ta’lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizasiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilashni) ko’zda tutadi.
Ushbu davlat ta’lim standartining «boshlang’ich ta’lim» yo’nalishi asosan 2 qismdan iboratdir:
1 qism. Kirish. Unda har bir soha bo’yicha qo’yiladigan talablarning umumiy vazifalari ko’rsatilgan.
Jumladan uning 1.3 qismi «tabiat ta’lim sohasi» ga bag’ishlangan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, ularda olam tuzlishi va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiat ta’lim sohasi orqali amalga oshiriladi.
Tabiat ta’lim sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, ularni farqlay olish, qisqacha ta’riflab berish hamda amalda qo’llay olishga o’rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
2 qism: Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3 qismi «tabiat ta’lim sohasi» bo’lib quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar.
2) Koinot. Quyosh – eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy – Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy shakllari: tog’, tekislik va okeanlar.
3) Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar. Tabiatda suv.
4) Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik hodisalari haqida boshlang’ich ma’lumotlar.
5) O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar. O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar.
6). Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.
7). Odam va uning salomatligi.
8). Vatanimiz haritasi yonida. O’lkamiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho’l va o’rmonlar, ob-havosi, asosiy daryo, ko’l va suv omborlari. Yer osti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qaroqalpog’iston respublikasining tabiati.
9). Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish.
Ma’lumki boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik kursi 2 qismga bo’lib o’tiladi: «Atrofimizdagi olam», (1-2-sinflarda) hamda «Tabiatshunoslik» (3-4 sinflarda).
Boshlang’ich sinflarning (1-2-sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va sistemalashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a’zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e’tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga, vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy foydali mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi qism hisoblanadi.
Har bir fanning asosiy mazmunlari bilan tanishib o’tamiz.
1. «Atrofimizdagi olam» fani 1-2 sinflarda o’qitiladi.
Kursning vazifasi bolalarning predmetlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, sistemaga solish, ularning axloqiy ko’nikmalarini boyitish, odamlar hayoti va mehnatida qiziqish uyg’otish, oila, maktab, jamoat joylarida o’zini to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Kursni o’rgatishda asosiy e’tibor talabalarga e’tibor, oila a’zolariga nisbatan muhabbat va g’amxo’rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni ehtiyotlab saqlash, mehnatni qadrlash, ona o’lkani, Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
O’qituvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatni aniqlashda tabiatdagi ma’lum qonuniyatlarni o’rganilayotgan obyekt, o’xshashliklari, farqi predmetlarni guruhlashda, saralash xulosa chiqarishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning atrof olam haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish bilan bog’liq holda ularning so’z boyliklarini oshirish zarur. Atrofimizdagi olam bilan tanishtirish jarayonida asosiy diqqat – e’tibor ekologik muammolarga qaratiladi. Bunda insonning tabiatga ta’siri, o’simlikning o’simlik bilan, o’smliklarning hayvonlar bilan o’zaro aloqasi va bog’liqligi o’rganiladi. Dastur quyidagi bo’limlardan iborat:
1. Atrofimizdagi olam jismlari, jismlar xususiyatlari, jismlarning fazodagi joylashishi.
2. Ona tabiat (tabiat va insonlar mehnatida mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar va hayvonlar).
3. Yaqin atrof-muhit bilan tanishuv. (Bizning uy, bizning maktab, bizning shahar (qishloq). Jonajon mamlakat).
4. Sog’liqni saqlash. (Inson tanasi qismlari. Kun tartibi).
5. Sayohat. (O’lkamiz yer yuzasi. O’lkamiz suv havzalari. Tabiat xilma-xilligi. Dunyo mamlakatlari va tabiati).
«Atrofimizdagi olam» fani boshlang’ich maktabning o’quv rejasidagi boshqa predmetlardan farqi bilan bir qator vazifalarga ega:
1. Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o’quvchilarning uzluksiz o’rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo’lgan ma’lum ma’naviy-axloqiy ko’nikmalar hosil bo’ladi.
2. O’quvchilar bevosita xalqning tajriba va madaniyatiga, axloqiy munosabatlar tizimiga qo’shiladilar.
3. Maktab sharoitida atrof muhit bilan tanishtirish o’quvchilarni samarali ta’lim olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyatini hisobga olgan holda ta’lim beriladi.
4. Fanni o’rganishda ta’lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integrasiyasi ta’minlanadi. Masalan, «Ona tabiat» bo’limini o’rganish o’quvchilarni ekskursiyalar, o’quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida obyekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonida o’quvchilar yigirmadan ortiq tur tushunchalarni egallaydilar: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o’simliklar, hayvonlar, sog’liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalar.
Predmetni o’rganish jarayonida dunyoni ekologik idrok etish maktab yer uchastkasi va tabiat burchagidagi hayvonlar va o’simliklarni parvarish qilish va ko’nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go’zalligini ko’ra bilish qobiliyati, tabiiy hodisalarni tushunish kabilar ishlab chiqishi kerak.
Kursning asoslaridan biri sifatida jamiyat hayoti bilan o’z shahri yoki qishlog’i misolida tanishish belgilangan. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari, shunga oid odamlarning kasblari, madaniyat va ta’lim haqida elementar tasavvurga ega bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi, iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o’zaro aloqalar ochiladi, turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.
O’quvchilarni boshqa odamlar – bolalar va kattalar bilan muloqotda bo’lishga o’rgatish, xushmuomalalik asoslari va odamlar orasida – oilada, mehmonda, maktabda, jamoat joylarda o’zini tutishning oddiy qoidalarini o’rgatish kursning muhim asosi hisoblanadi.
Kursning yana bir sermazmun yo’nalishi – o’quvchilarni joylarda oriyentasiya qilishning eng oddiy usullariga o’rgatish; o’z mamlakati, uning poytaxti va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va umuman, sayyoramiz haqidagi ilk jug’rofiy tasavvurlarni shakllantirish. Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va jug’rofiy xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko’zda tutilgan bo’lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbu masalalarni o’rganish metodikasi bolalarning dunyoqarashlari, tasavvurlari rivojlanishiga olib keladi. Vatanga, barcha odamlarning umumiy uyi bo’lishi, Zaminda muhabbat tuyg’usini tarbiyalashga yordam beradi.
Predmetning ikkinchi yilda mo’ljallangan maqsadi – atrof olam predmetlari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, olamning umumiy ko’rinishini shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga mas’uliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash.
Kursning mazmunini tanlash va tarbiyalashtirishdagi butun yangi mezon – bu o’rganilayotgan materialga o’lkashunoslik nuqtai nazaridan yondoshishning birligi, kursning hayot bilan bog’liqligi.
O’qitishning ikkinchi yili dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan:
1. Predmetlar xususiyatlari;
2. Makonda oriyentasiya qilish;
3. Ona tabiat (tabiat va mehnatdagi mavsumiy o’zgarishlar);
4. Yaqin atrof bilan tanishish (ko’chamiz, uyimiz, shahrimiz, qishlog’imiz);
5. O’zbekiston – jonajon Vatan;
6. O’lkamiz yer yuzasi;
7. O’lkamiz suv havzalari;
8. Odamlar salomatligi;
9. Muomala madaniyati;
10. Mamlakatimiz bo’ylab sayohat;

  1. Dunyo mamlakatlari, tabiati va xalqlari.

«Atrofimizdagi olam» kursini o’rganishda qo’llaniladigan shakl, uslub va vositalar turlichadir.
«Atrofimizdagi olam» fanini o’qitilishiga 1 sinflarda 32 soat va 2 sinflarda 34 soat (haftaga 1 soat) ajratilgan.
«Tabiatshunoslik» fani 3-4 sinflarda o’rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy – ilmiy o’quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va asrash bo’yicha odamlarning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o’quvchilarning amaliy, o’quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o’z yurtiga muhabbat uyg’otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.
Tabiatshunoslik 1-2 sinflarda o’qitilgan «Atrofimizdagi olam» kursining davomi hisoblanadi. O’quvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik va ziddiyatlar o’rgatiladi.
Tabiatshunoslikni o’qitish bolalarda butun yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O’quvchilar tabiatni asrash bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar.
Tabiatshunoslik kursini o’qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
1. O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang’ich bilimlar berish;
2. Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish;
3. Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo’yicha inson faoliyati bilan tanishtirish;
4. Tabiatni asrash uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish;
5. O’quvchilarni ekologik, etik, estetik, mehnat, baynalminal, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Bolalarni o’quv dasturi bo’linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1 va 2 sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko’p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunishga va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta’lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik insonning tabiatga ta’siri bilan tanishtirishni o’z oldiga muhim vazifa qilib qo’yadi.
O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko’rsatilgan obyekt va voqyelik bilangina emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiat hayotidagi ma’lum qonuniyatlarini ochishga harakat qiladi.
Tabiatshunoslik fanini o’rgatish jarayonida o’qituvchi quyidagi vazifalarga e’tibor berishi lozim:
1). Jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o’z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;
2) tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish;
3) oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqyelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
4) aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o’rtasidagi o’zaro aloqani ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko’rsatish;
5) tabiatni asrashning amaliyoti haqidagi bilimini asrash yuzasidan o’tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;
6) sanitariya – gigena haqidagi bilimlarni shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko’nikmalarini taraqqiy ettirish.
Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o’quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini oldiga qo’yadi.
Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo’lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko’paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchilar tabiatning biron-bir bo’lagining halokati boshqalarning halokatga olib kelishi haqida tasavvurga ega bo’ladi; ular o’simliklarni o’stirish, mahalladagi yashil daraxtlarni parvarishlash, qushlari boqish uchun o’simliklar mevasini terish, maktab bog’ida o’stirish uchun gullar urug’ini ekish, jonli burchakda ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.
Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko’rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o’tkaziladigan amaliyotlar) o’quv mashg’ulotlarning asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o’qitishda shu fanga xos bo’lgan tabiatning o’zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqyelikni kuzatish, tabiiy obyektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o’quv eksperimenti o’tkazish yetakchi o’rin tutadi.
Tabiatshunoslik darslari o’quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalash, ularda tabiatdagi o’quv va ijtimoiy foydali, amaliy ish uchun zarur bo’lgan atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha darslarda paydo bo’ladigan mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishda davom etmoqda.
Tabiatshunoslik fanini o’qitishda mantiqiy fikrlash, me’yordagi nutq, qator mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish, intizom, o’zaro yordam, mehnatga muhabbat uyg’otish boshlangan ishni oxiriga yetkazish kabi xizmatlarga alohida e’tibor beriladi.
3 sinf uchun tabiatshunoslik dasturi quyidagi bo’limlardan iborat:

      1. tabiat va inson;

      2. havo, suv, foydali qazilmalar;

      3. tuproqni asraymiz;

      4. o’simlik va hayvonot dunyosini asraymiz;

      5. sog’liqni saqlash;

      6. ekologiya asoslari.

Dastlabki mavzu ona yurt tabiatini yoritib beradi.
«Suv, havo, foydali qazilmalar, tuproqni asraymiz» mavzuini o’rganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: 1) tabiat va inson hayotida suv, havo, tuproq qanday o’rin tutadi; 2) foydali qazilmalar nima uchun kerak; 3) suv, havo, tuproqni qanday asrash lozim.
«O’simlik va hayvonot dunyosini asraymiz» mavzui o’quvchilarning mavsumiy o’zgarish haqida bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o’zida o’simlik va hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko’zda tutadi.
O’quvchilarni «Sog’liqni saqlash» mavzusi inson jonli tabiatning bir bo’lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, asosiy organlarning joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish kabi oddiy ma’lumotlarda to’xtalinadi. Har bir bola o’z organizmi, uning rivoji va sog’ligini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo’lishi kerak.
Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga va ayniqsa, bolalar o’z sog’liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo’lgan tadbirlarga alohida e’tibor bermoqlari lozim.
«Ekologiya asoslari» mavzusida ekologiya haqida umumiy taasurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o’zaro aloqasi, ularning o’z-o’zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e’tibor berilishi zarur.
4 sinf tabiatshunoslik fanida quyidagi mavzular o’rganiladi:

  1. Atrofimizdagi tabiat;

  2. Joyni aniqlash;

  3. Bizning yurtimiz globus va xaritada;

  4. O’lkamiz quruqlik yuzasi;

  5. Tabiatning rang-barangligi;

  6. Foydali qazilmalar;

  7. O’lkamiz suv havzalari;

  8. O’zbekiston tabiatini asrash;

  9. Ekologiya asoslari.

«Atrofimizdagi tabiat» mavzusida, birinchidan uchinchi sinfgacha olingan bilimlar umumlashtiriladi.
«Joyni aniqlash» mavzusida o’quvchilar gorizont va amaliy mashg’ulot, ekskursiya paytida gorizont chizig’i bilan tanishadi. Agar maktab atrofida tekis yaydoq joy bo’lmasa, o’qituvchi darsda jadvallardan yoki ko’rgazma qurollaridan foydalanishi mumkin.
Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo’lgan o’quvchilar, xarita haqida tasavvurga ega bo’lgan o’quvchilar xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo’ladi, uning shartli belgilarini o’qiydi, yurtimizning joylashgan o’rnini topadi, janubdan shimolga tabiat o’zgarishini tushunadi.
«Foydali qazilmalar» 3-sinfda o’rganishni hisobga olib, dusturda ularning belgilari bo’yicha guruhlarga quyidagicha bo’lingan:
1) qurilish materiali sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar;
2) yoqilg’i sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalar;
3) madaniy o’g’itlar olish uchun foydalaniladigan qazilmalar;
4) O’zbekiston metal qazilmalari.
«Tabiatni asrash» bo’limi tabiatshunoslik fanini yakunlaydi, o’quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lishda insonning roli ko’rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o’simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O’quvchilar O’zbekiston Respublikasining tabiatni asrash bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadi.
Tabiatni asrash masalasini o’rganish faqat bu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fani uchun asosiy bo’lib qolaveradi. O’quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o’qituvchiga O’zbekistonning tabiatini asrash haqidagi qonunni kichik yoshdagi o’quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.
«Ekologiya asoslari» mavzularini o’rganish jarayonida 3-sinfda ochilgan ekologiya haqidagi tushuncha va tafakkurlarini nazariy usuldan 4-sinfga kelib turli ko’rgazmali qurollar orqali amaliy usulga ta’lim ta’min qilinadi.
Tabiatshunoslik fanini o’rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o’rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o’rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o’tkazishga, tabiat ashyolari va voqyeligini tabiiy holatda o’rganishga katta e’tibor beriladi. Bu yuqori ko’rgazma asosida sinflarda o’tkaziladigan darslarga ham tegishli. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarini o’tkazishga alohida e’tibor berish zarur.
«O’zbekiston tabiatini asrash» mavzusini o’rganishda o’quvchilar respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.
«Atrof olam bilan tanishtirish» hamda «Tabiatshunoslik» fanlari boshlang’ich maktabning qolgan fanlari bilan chambarchas bog’langan. Tabiat va jamiyat hayotini, odamlar mehnatini kuzatishlar, ona tili, matematika, mehnat ta’limi kabi fanlar bo’yicha o’quv materiallarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. O’quvchilarning boshqa darslarda atrof olam to’g’risida olgan tasavvurlari shu fan bo’yicha mashg’ulotlarda kengaytiriladi, boyitiladi, katta amaliy yo’nalish oladi.
«Atrof olam» hamda «Tabiatshunoslik» fanlarining o’qitilish jarayonida bolalar tomonidan sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e’tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan qanday aloqada bo’lishini ko’rsatish kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilinibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she’rlari va hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.
Ko’pgina o’yin va mashg’ulotlar tabiatni idrok qilib olishga va unga ijobiy munosabatini shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari to’g’risidagi bilimlar bilan boyitish, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini rivojlantirishi kerak. Bu jarayonda o’yin-viktorinalar, har xil viloyatlarga ekskursiyalarni tasavvur qildiruvchi o’yinlar tabiatshunoslik bayramlari muhim rol o’ynaydi.
Tabiatshunoslik fanlarini o’qitilishida o’lkashunoslik qoidalaridan foydalanish muhim o’rin tutadi. O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik prinsiplaridan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliyligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish, olingan nazariy bilim va o’quvlarni turmush bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo’ladi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlari barcha didaktik prinsiplar hamda o’lkashunoslik qoidalari asosida tuzilgan bo’lib, bu materiallarni o’quvchilarga yetkazish uchun barcha metodlardan samarali foydalanish lozim.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin